• Akbarov Mirmuxsin Olimovich
  • YENGIL BETONLAR
  • G‘ovak to‘ldirgichlar asosida tayyorlangan yengil betonlar.
  • Yirik g‘ovakli (qumsiz) betonlar.
  • Qosimov Erkin Umarali o‘g‘li




    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet102/168
    Sana19.12.2023
    Hajmi1,14 Mb.
    #124022
    1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   168
    Bog'liq
    Pardozbop qurilish ashyolari. Qisimov E. 2005

     
    Qosimov Erkin Umarali o‘g‘li — texnika fanlari doktori, professor. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, 
    Xalqaro muhandislar akademiyasi muxbir a’zosi, Qozog‘iston Arxitektura-qurilish bosh akademiyasi va Qirg‘iziston Qu- 
    rilish, transport va arxitektura davlat universitetlarining faxriy professori. Ko‘plab darslik va o‘quv qo‘llanmalar muallifi. 
    Ilmiy ishlari 391 dan ortiq. Uning ilmiy rahbarligida 37 ta nomzodlik, 2 ta doktorlik dissertatsiyalari tayyorlanib, himoya 
    qilingan. 


    Akbarov Mirmuxsin Olimovich t.f.n., dotsent. 3 ta monografiya, 4 ta me’yoriy hujjat, 5 ta darslik va 80 ga yaqin 
    ilmiy maqolalar muallifi.
    Pardozbop va boshqa qurilish ashyolari rangini mo‘tadil, hamda chidamliligini ta’minlash alohida bir 
    yo‘nalish bo‘lib, qurilish samaradorligini oshirishda alohida ahamiyat kasb etadi. 
    YENGIL BETONLAR 
    Yengil to‘ldirgichlar hisobiga zichligi bilan issiqlik o‘tkazuvchanlik ko‘rsatkichlari kamaytirilgan 
    betonlarga yengil betonlar deb ataladi. Yengil betonlarning zichligi 1800 kg/m
    3
    , issiqlik o‘tkazuvchanlik 
    koeffitsienti esa 0,35-0,6 Vt/(m 

    °C) dan oshmaydi. 
    Hozir qurilishlarda quyidagi yengil betonlar ishlatiladi:
    G‘ovak to‘ldirgichlar asosida tayyorlangan yengil betonlar. To‘ldirgichlar sifatida vulqon tufi, pemza, 
    ko‘pchitilgan gil (keramzit), yoqilg‘i va donali domna toshqoli hamda shulardan tayyorlangan qumlar 
    ishlatiladi. Bunday betonlarning zichligi 1200-1800 kg/m
    3
    ga teng. 
    Yirik g‘ovakli (qumsiz) betonlar. Bunday betonlar tarkibida suv, bog‘lovchi va yirik to‘ldirgich (shag‘al 
    yoki chaqilgan tosh) bo‘ladi. Zichligi 500—1800 kg/m
    3

    Juda yengil ko‘p g‘ovakli betonlar. Bunday betonlar tarkibida, suv va qumtuproq bilan oldindan 
    aralashtirilgan g‘ovak hosil qiluvchi qo‘shilmalar bo‘ladi. Zichligi 500 kg/m
    3
    dan kam.
    Beton bog‘lovchi va to‘ldiruvchidan tashkil topganligi eramizdan oldingi II-III asrlarga bog‘langan. Bu 
    betonlar suv ta’siriga chidamli bo‘lib ohak qorishmasi, vulqon kuli va pishiq g‘isht bo‘laklaridan tarkib 
    topgan. U 1000 yillar davomida sinovdan o‘tdi. Bunga eramizning II asrida qurilgan Rim Panteoni misol bo‘la 
    oladi. Rim imperiyasi qulagandan keyin, XVII asrning o‘rtalarigacha beton ishlatilishi noma’lum bo‘lib 
    kelgan. XVIII asrning oxirlarida quyma betondan poydevor, balka, ustun va h.k. lar tayyorlash boshlangan. 
    F. Gennebikning 1892-yilda yaratgan konstruksiyasi armatura, plita, balka va kolonnalar majmuidan iborat 
    bo‘lib yangi arxitekturaviy ashyo sifatida tan olingan. 

    Download 1,14 Mb.
    1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   168




    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish