• Betonning plastikligi va undan arxitektura shakllarini loyihalash
  • E qosimov, M. Akbarov




    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet103/168
    Sana19.12.2023
    Hajmi1,14 Mb.
    #124022
    1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   168
    Bog'liq
    Pardozbop qurilish ashyolari. Qisimov E. 2005

    Temir-beton — birinchi bo‘lib Fransiyada yaratilgan. Undan dastlab temir-beton plitalar, poydevor 
    bloklari va boshqalar tayyorlangan. Keyinchalik ba’zi temir-beton elementlari quyma usulda tayyorlana 
    boshlagan.
    O. Perri o‘z ilmiy faoliyatini temir-betonning estetik xususiyatlarini o‘rganishga bag‘ishlagan birinchi 
    me’morlardan biri xisoblanadi. Eng asosiy afzalliklariga yuzadagi bezakni temir-beton elementlarni tayyorlash 
    jarayonida berishning mumkinligidir.
    XX asrning boshlarida temir-betondan bir qator namunaviy konstruksiyalar ishlab chiqildi. Shisha va 
    temir-beton kompozitsiyalari bilan sanoat binolarini pardozlash yo‘lga qo‘yildi. 1923-yildan keyin katta 
    o‘lchamli oraliqlar uchun fazoviy konstruksiyalar yaratildi. Dunyo amaliyotida hammaga tanish bo‘lgan 
    fazoviy konstruksiyalarga — kupolalarga diametri 43 metr bo‘lgan Panteon, 41 metrli Floreyti va 42 metrli 
    Rimdagi Petr saroyini kiritish mumkin.
    O‘zbekistonda quyma va yig‘ma temir-betonlarni ishlab chiqarish XX asrning 40-yillarida gidrotexnik 
    inshootlarni qurish bilan boshlangan. 
    Qurilish ashyolarining konstruktiv va bezakbop xususiyatlarini bog‘lash zamonaviy me’morchilikning 
    o‘ziga xosligini ko‘rsatadi.
    Betonning plastikligi va undan arxitektura shakllarini loyihalash. Pardozlovchi mutaxassisni 
    betonning plastikligi va uni har xil shaklda qotishi qiziqtiradi. Betonning plastik xususiyati konstruktiv shakl 
    berishda, shuningdek, betonning bezakbop teksturasi va o‘ziga xosligi katta ahamiyatga ega. 
    Sifatli betonda qolip va shtamp izlari o‘ziga xos bezakbop izlar qoldiradi. Betonning bunday xususiyatlari 
    fazoviy konstruksiyalarda foydalanilgan. Jumladan, diametri 104 metrli gumbaz (kupola) ko‘rinishida sport 
    inshootlaridan biri Nervining loyihasi asosida qurilgan. Shuningdek, F. Kandeli loyihasi asosida qurilgan 
    giberbolik paraboloidlar shaklida inshootni betonning o‘ziga xos xususiyatlarini namoyon qiladi (8.1-rasm). 
    Oxirgi paytlarda beton va temir-betonning estetik xususiyatlarini ochib berish bilan birga ularning yuzasini 
    pardozlash ishlariga katta e’tibor qaratilmoqda. Ularning yuzasiga qayta ishlov berish natijasida fakturasi, 
    rel’efi, teksturasi va ko‘rimliligi yaxshilanadi. Ishlov berish, asosan qotmagan beton yuzalarida yaxshi samara 
    beradi. Bunday xolatda ishlov berish natijasida betonning dekorativ xususiyatlari yaxshilanadi. 
    Agar loyihalash jarayonida quyma betonlarning o‘ziga xos xususiyatlariga e’tibor berilsa, binolarni 
    qurishda ulardan fazoviy shakllar ishlab chiqishga turtki bo‘ladi.
    Aholisi ko‘p bo‘lgan shaharlarda ko‘p qavatli mehmonxona va turarjoy binolari quyma betondan qurilgan. 
    Bunday binolarning o‘ziga xos me’moriy shakllari betonning plastikligi tufayli yaratiladi. Masalan, quyma 
    betondan qurilgan mehmonxona yangi shakllarining yana bir turi yaqqol namoyon bo‘lgan (8.2-rasm). 


    Mehmonxona yadrosi konstruktiv sterjen sifatida yuqorigi qavatlargacha ko‘tarilgan. Barcha hajmni 
    birinchi qavatga yopilgan yig‘ma plitalar ko‘tarib turibdi.
    Me’moriy yechimida betonning ko‘rimliligi, nafisligi va plastikligi o‘z aksini topgan. 
    Yechilib olinadigan qoliplarga uzluksiz beton yetkazib berish juda qiyin. Ko‘p qavatli binolar tashqi 
    shakllarining namunaviy ko‘rinishlaridan biri Marn-la-Valle shaxrida qurilgan binoda yaqqol namoyon bo‘ladi 
    (8.3-rasm). 
    Yig‘ma va monolit temir-beton bino qavatlarini ko‘tarish usuli qavatli binolarni har xil shaklda fazoviy 
    rejalashtirib qurish uchun qulay sharoitlar yaratib beradi. 
    Parijdagi Yangi Kretey ansamblida loyihaviy temir-beton elementlaridan chiroyli fazoviy shakl yaratilgan. 
    Bu balkon elementlarini bir-biriga bog‘lash natijasida hosil bo‘ladi (8.4-rasm). 
    So‘nggi yillarda betonning estetik xususiyatidan qurilishda foydalanish bo‘yicha yangi yo‘nalishlar paydo 
    bo‘ldi. Bunday yo‘nalish AQSh va Fransiyada «Artbeton» nomi bilan shakllandi. «Artbeton» betondan 
    tayyorlangan konstruktiv buyumlarning fakturasiga katta e’tibor berish bilan qayta ishlash demakdir.
    «Artbeton» yuzalarini pardozlash turli-tuman — mayda sopol bilan qoplangan, shisha mozayikali, tekis 
    fakturali va h.k.
    Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, shuni ta’kidlash lozimki, yaqin orada artbeton yangi me’moriy 
    ko‘rinishlarning yaratilishiga sabab bo‘ladi. 
    Ashyolar asosan ko‘ndalang harakatdagi kuchlar ta’sirida bo‘ladi. Beton yuzasida qolipning izlari 
    konstruksiyaning yo‘nalganligini aniq ko‘rsatadi.
    Hozirgi kunda bino va inshootlar estetik xususiyatlarining shakllanishida muhandislik muhim ahamiyat 
    kasb etadi. Moskvada quyma betondan qurilgan Ostankino teleminorasi (8.5-rasm) faqat texnik inshoot emas. 
    Uning temir-beton qismi balandligi 385 metrni tashkil etadi. Asosiy qurilish ashyosi sifatida ishlatilgan beton 
    muhandislik inshootiga keng shakllar berilishini ta’minlagan.
    Me’moriy obodonlashtirishda ishlatiladigan beton elementlarining nomenklaturasi juda ko‘p.
    Bunga bog‘ va dam olish maskanlaridagi kichkina pavilonlarni, shahar ko‘chalaridagi yo‘lkachalarni, 
    maydonlarni va hokazolarni qilish mumkin. 
    Betondan turli darajada plastik shakllarni tayyorlash mumkin. Jumladan, betondan haykaltaroshlikda ham 
    keng foydalaniladi. Toshkentdagi san’at muzeyi oldida o‘rnatilgan betondan yasalgan haykal o‘ziga xos 
    ahamiyatga ega (8.6-rasm). 
    Marmar, granit kabi beton buyumlari ham yaltiroq holatigacha to‘la silliqlanishi mumkin. Beton yuzasini 
    yaltiratishda oq sementga kulrang qo‘shimcha qo‘shiladi. 
    Betonning rangi katta oraliqda och rangdan to‘q ranggacha o‘zgarishi mumkin. Beton rangiga 
    to‘ldiruvchilarning rangi bilan bir qatorda sementning rangi ham ta’sir ko‘rsatadi. Beton rangi turg‘unligiga 
    uning tarkibidagi to‘ldiruvchilarning tabiiy va sun’iy tarzda olinishi ham ta’sir ko‘rsatadi. 
    O‘zbekistondagi ko‘pchilik konlarda rangli pardozbop toshlar mavjud. Ularni ishlab chiqarishda 
    chiqadigan chiqindilarni temir-beton buyumlarni olishda ishlatish mumkin.
    Beton yuzasidagi fakturalar, bezaklar va tekislik nafaqat betonning tarkibiga, balki uni tayyorlashdagi 
    texnologik rejimlarga ham bog‘liq.
    Bir xil tarkibdagi mayda zarrachali beton aralashmasi hamma vaqt yirik zarrachali betonlarga nisbatan och 
    rangda bo‘ladi, chunki zarrachalarning o‘lchamlari yuzadan qaytariladigan nurlarga katta ta’sir ko‘rsatadi.
    Zarrachali fakturalarni olishda beton yuzasidagi sement pardalar silliqlash jarayonida olib tashlanadi. Agar 
    beton tarkibidagi to‘ldirgichlar bir jinsli bo‘lsa, ularning fakturasi ham bir xil rangda bo‘ladi. 

    Download 1,14 Mb.
    1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   168




    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish