E qosimov, M. Akbarov




Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/168
Sana19.12.2023
Hajmi1,14 Mb.
#124022
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   168
Bog'liq
Pardozbop qurilish ashyolari. Qisimov E. 2005

TEMIR ASHYOLAR 
Aziz o‘quvchida savol tug‘ilishi mumkin: — nega «temir ashyolar» deb nomlangan, boshqa kitoblarda 
«metall materiallari» deyilganku? Darhaqiqat shunday. «Temir rudasi» so‘zi atamalarda rasmiy tan olingan. 
Bu degani tog‘ jinsi xomashyosida temir moddasi borligidan darakdir. Uni eritdik deylik. Demak, xom-
ashyodan temirni ajratdik va «temir ashyosi» hosil bo‘ldi.
Bizning ota-bobolarimiz «material», «metall» demagan, balki «ashyo», «temir» deb kelganlar. So‘z 
atamalarida «ashyoviy dalillar» degan ibora bor. Shunday ekan «xomashyoviy dalillar» deyilmaydi. 
Xomashyo qayta ishlangandan keyin (pishirib, maydalab, qorishtirib va h.k.) uni ashyo deb atash asl ma’noni 
bildiradi. 
Biz mualliflar «temirchi» ustani «metallchi usta» deyish noto‘g‘ri bo‘ladi degan fikrdamiz. 
Pardozlovchi uchun temir ashyolarini bilish shartmikin? Biz shart deb o‘ylaymiz. Chunki, cho‘yan, po‘lat, 
aluminiy va rangli temirlardan pardozlash ishlarida keng foydalaniladi. 
O‘zbekiston temir sanoati va uning paydo bo‘lishiga doir boy tarixga ega emas. Bunga sabab, bizning yer 
osti boyliklarimizda temir rudasining kamligi bo‘lsa kerak. 


Hozirgi vaqtda temir ishlab chiqarish sanoati asosan quyidagi texnologiyalarga asoslangan. Yuqori 
haroratdagi tog‘ jinsi — rudani eritib olingan suyuq temirni kislorod bilan qaynatib yuqori sifatli po‘lat olish; 
suyuq po‘latni vakuumlash usulida sifatini oshirish; maxsus xossalarga ega bo‘lgan yuqori navli po‘lat va 
cho‘yanlarni olish; samarali texnologiya asosida nefelindan aluminiy olish; prokat usuli bilan egiluvchan 
yupqa lentasimon po‘lat o‘ramalari olish; suyuq po‘latni qoliplarga (samarali usul bilan) quyish; vakuumda 
diffuziya usuli bilan payvandlash; po‘lat bu temir qo‘shib vakuumda qayta ishlab (legirlash); temir kukunini 
qayta ishlash va zichlash kabi bir qator yangi texnologiyalarga asoslangan temir sanoati mavjuddir.
Uglerodli temir eritmalaridan olinadigan ashyolarga asosan po‘latni kiritish mumkin. Po‘lat yuqori 
haroratda eritilganda yoki sovitilganda undagi uglerodning kamayishi yoki oshishi hisobiga po‘latning 
xossalari keskin o‘zgaradi. Eritma tarkibida uglerod miqdori 2% gacha bo‘lsa — po‘lat, 2% dan oshsa cho‘yan 
deb ataladi.

Download 1,14 Mb.
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   168




Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish