|
PARDOZBOP RANGLI TEMIRLAR VA QOTISHMALAR Pdf ko'rish
|
bet | 107/168 | Sana | 19.12.2023 | Hajmi | 1,14 Mb. | | #124022 |
Bog'liq Pardozbop qurilish ashyolari. Qisimov E. 2005
PARDOZBOP RANGLI TEMIRLAR VA QOTISHMALAR
Aluminiy va uning qotishmalari. Aluminiy yengil, kumushsimon oqish rangli metall. Uning afzalligi
zichligining kichikligida, mustahkamligining yetarli darajada yuqoriligidadir. Aluminiyning zichligi 2700
kg/m
3
(po‘latga nisbatan 3 barobar kichik) cho‘zilishdagi mustahkamlik chegarasi toza aluminiyniki 10 MPa,
qo‘shilmali konstruksiyabop aluminiyniki 62 MPa gacha bo‘lishi mumkin. Cho‘zilish darajasi 20—30%.
Demak aluminiy bilan po‘latga bir xil yuk qo‘yilsa, aluminiyning deformatsiyasi anchagina katta bo‘ladi.
Aluminiy va uning qotishmalarini yuqori haroratdagi chiziqli kengayish koeffitsienti 22
10
6
ga teng
bo‘lsa, po‘latniki 11,8
10
6
ga teng. Aluminiy boksid, nefelin, aluminiy tog‘ jinslaridan olinadi.
Xomashyoni kompleks qayta ishlaganda aluminiydan boshqa soda, potash, sement, sulfat kislotasi, o‘g‘it
va boshqa mahsulotlar ham olish mumkin. Toza aluminiy mashina qismlari, aluminiy uni bo‘yoq, gaz hosil
qiluvchi pardozbop ko‘p kavakli beton, aluminiy qog‘ozi (folga), elektr simlari va boshqalarni olishda
ishlatiladi. Yuqori sifatga ega bo‘lgan, samarali isitgichlar, bezak ashyolar, odatda aluminiy folgasidan
ishlanadi. Issiqlik energiyasini qaytaruvchi hamda aluminiy qotishmasini anod bilan oksidlab arxitektura
qismlari olish mumkin.
Yengil va pardozbop aluminiydan, asosan qurilish buyumlari va konstruksiyalari tayyorlanadi. Tarkibida
Cu, Mn, Mg, Si bo‘lgan aluminiy qotishmalarining mustahkamligi 50 MPa ga teng. Aluminiy, mis, magniy va
marganesdan tashkil topgan qotishmalar dyuraluminiy deb ataladi. Aluminiy qotishmalaridan yassi va to‘l-
qinli taxtalar, ezib ishlangan, egilgan, parchinlangan va payvandlangan buyumlar hamda uzun quvurlar
tayyorlash mumkin.
Aluminiy qotishmalaridan ishlangan qurilish konstruksiyalari o‘zining ko‘rinishi bilan chiroyli,
zilzilabardosh, sovuqqa, o‘tga, zararli muhitga chidamli, magnitga ta’sirlanmaydigan samarali xossalarga ega.
Qurilishda yuqori samarali pardozbop ko‘pik-aluminiy ashyolari ham ishlatiladi. Buning uchun erigan
suyuq aluminiyga o‘zaro kimyoviy birikish natijasida gaz chiqaruvchi temir gidridlari (titan, bariy yoki
sirkoniy) qo‘shiladi. Natijada, kichik hajm va og‘irlikdagi pardozbop serg‘ovak, yengil, issiqlik
o‘tkazuvchanligi kichik bo‘lgan aluminiy hosil bo‘ladi. Zichligi 100—300 kg/m
3
ga teng bo‘lgan ko‘pik-
aluminiy plastik xossaga ega. Uni kesish, ulash va yopishtirish qiyin emas.
Magniy anchagina yengil metalldir. Zichligi 1730 kg/m
3
, erish harorati 649°C. Toza magniyning
chidamliligi kichik. Magniy dengiz ostidagi oddiy osh tuzi cho‘kindisidan hosil bo‘ladigan karnallit va
magnezitdan olinadi. Magniy maxsus yengil qotishmadan ishlangan qism va buyumlar uchun qo‘llaniladi.
Rux — oson suyuqlanadigan (419°C), zichligi 7000 kg/m
3
gacha bo‘lgan yengil metall. Rux, asosan
qotishma tarkibida bo‘lib, mix, bolt va tombop po‘lat va boshqalarni ruxlashda ishlatiladi. Oddiy haroratda rux
mo‘rt bo‘ladi. 150°C gacha qizdirganda plastik holatga o‘tadi. Rux, rux sulfidli (ZnS) tog‘ rudasidan olinadi.
|
| |