• Issiq-sovuqni kam o‘tkazadigan pardozbop polimer ashyolar.
  • Qoplama yog‘och-qirindi plitalar




    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet115/168
    Sana19.12.2023
    Hajmi1,14 Mb.
    #124022
    1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   168
    Bog'liq
    Pardozbop qurilish ashyolari. Qisimov E. 2005

    Qoplama yog‘och-qirindi plitalar, odatda yog‘och buyumlar ishlab chiqaradigan sanoat chiqindisi —
    yog‘och qirindi bilan sintetik smolalarni qorishtirib, keyin issiq xolatda zichlash usulida olinadi. Qorishma 
    tarkibidagi yog‘och qirindi miqdori 88—92% va organik bog‘lovchi modda — smola miqdori esa 8—12% 
    qilib olinadi. 
    Issiq-sovuqni kam o‘tkazadigan ashyo sifatida, ko‘pincha yengil va o‘rtacha hajmiy og‘irlikdagi plitalar 
    ko‘p ishlatiladi (issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti 0,04—0,08). Zichligi eng katta bo‘lgan qoplama yog‘och 
    qirindi plitalar binolarning ichki qismini pardozlashda, pardadevor sifatida keng ishlatiladi. Qoplama plitaning 
    egilishga bo‘lgan mustahkamligi ishlatiladigan yog‘ochning jinsiga va plitaning hajmiy og‘irligiga bog‘liq. 
    Plitaning egilishdagi mustahkamligi, odatda 3,5 MPa bo‘ladi. Yog‘och-qirindi qoplama plitalarni mexanik 
    asbob va uskunalarda ishlash oson, ya’ni plitani arralash, parmalash yoki frezerlash yo‘li bilan kerakli 
    buyumlar tayyorlash mumkin. Yog‘och-qirindi qoplama plitaning tannarxi yog‘och-tola plitaga nisbatan kam. 
    Chunki, yog‘och-qirindi plitaning ishlab chiqarish texnologiyasi birmuncha oddiydir. 
    Issiq-sovuqni kam o‘tkazadigan pardozbop polimer ashyolar. Issiq-sovuqni kam o‘tkazadigan 
    ashyolar, avvalo yengil, yetarli darajada mustahkam va texnik sharoitlarga to‘la javob berishi kerak. Bularga 
    ko‘pik qatlam, serg‘ovak qatlam, ari inisimon qatlam va shunga o‘xshashlar kiradi.
    Serg‘ovak hamda ko‘pik qatlamlar qizdirilgan smolalarni ko‘pirtirib, keyin qoliplarga quyib tayyorlanadi. 
    Polimerlardan olinadigan issiq-sovuqni kam o‘tkazadigan ashyolarning hajmiy og‘irligi 10—220 kg/m
    3
    . Issiq-
    sovuq va tovushni o‘tkazmaslik ko‘rsatkichlari olingan mahsulotning hajmiy og‘irligiga bog‘liq. 
    Polistirol, polixlorvinil va poliefir smolalar asosida tayyorlanadigan issiq-sovuqni kam o‘tkazadigan ko‘pik 
    qatlam plitalar qurilishda katta ahamiyatga ega bo‘lmoqda. Ikki sirti suvga chidamli fanera bilan yopishtirilgan 
    pardozbop ko‘prik-qatlam plita 9.1-rasmda ko‘rsatilgan. Bunday plitalar respublikamizda ishlab chi-
    qarilmoqda. 
    Ko‘pik va serg‘ovak qatlamli qoplama va pardozbop plitalar issiq-sovuqni o‘tkazmaslik darajasi bo‘yicha 
    qalinligi 2,5 g‘ishtli devorlar o‘rnini bosa oladi. 

    Download 1,14 Mb.
    1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   168




    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish