• G‘ovak shisha
  • Issiq-sovuqni kam o‘tkazuvchan anorganik ashyolar




    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet116/168
    Sana19.12.2023
    Hajmi1,14 Mb.
    #124022
    1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   168
    Bog'liq
    Pardozbop qurilish ashyolari. Qisimov E. 2005

    Issiq-sovuqni kam o‘tkazuvchan anorganik ashyolar. Mineral paxta tog‘ jinslari bazalt (mergel, ohak-
    gil slaneslari, dolomit, ohaktosh) yoki temir rudasini eritganda ajralib chiqadigan toshqollarni yuqori haroratda 
    suyuq holatga aylantirib olinadi. Diametri 0,75—1,5 m bo‘lgan shaxta o‘choqlarda erigan tog‘ jinsi bosim 
    ostida uning ostki qismidagi 20—30 mm li teshikdan bug‘ holida purkalib chiqadi. Bunda ingichka ip singari 
    sochilib chiqqan suyuq eritma tezda qotib, uzunligi 5—60 mm va dia-metri ko‘pi bilan 12 mikron (1 mikron 
    1/1000mm) keladigan tolalarga aylanadi. Tolalar sovigandan keyin to‘rsimon transportyorga o‘tadi, bunda 
    chigallangan ip singari tartibsiz joylashgan tolalardan paxta qatlami hosil bo‘ladi.
    G‘ovak shisha olish uchun erigan shishaga bo‘r, tuyilgan qum, kul va hokazolar qo‘shib ko‘pirtiriladi va 
    ichi g‘ovak donalarga bo‘linadi. «Shishabisyor» deb ataluvchi shisha donalari bog‘lovchilar vositasida
    qoliplarga quyiladi. Shisha donali qorishma quyqa holatda, plita yoki bo‘tqa sifatida chiqariladi.
    Ko‘pirtirilgan shisha eritmasi yoki ko‘pik polimer smolasi bilan shisha donalarini qorishtirib olingan 
    yengil pardozbop qoplama ashyoning issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti kichik va yetarli darajada 
    mustahkam bo‘ladi. 
    Sovelit — plita, silindr, yarim silindr yoki boshqa shakldagi buyum bo‘lib, asosan sanoat o‘choqlari, 
    quvurlari va shunga o‘xshashlarni muhofaza qilishda pardozbop ashyo sifatida ham ishlatiladi. U asbest bilan 
    magniy va kalsiy tuzlari, hamda dolomit tog‘ jinsidan olinadi. Buning uchun kuydirilgan dolomit qaynoq 
    suvda so‘ndiriladi, hosil bo‘lgan dolomit sutini karbonat kislotasi bilan to‘yintirib, qorishma asbest bilan 
    aralashtiriladi. Rang berish kerak bo‘lsa pigment qo‘shiladi. Hosil bo‘lgan bo‘tqa muhofaza qilinadigan 
    sirtlarga surtiladi yoki buyumlar qoliplanadi. Qolipdan olingan sovelit buyumlar 500—600°C da qizdiriladi. 
    Hajmiy og‘irligi 350—400 kg/m
    3
    , issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti 0,065—0,074 Vt/(m 
    
    °C). 
    Siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 0,15—0,2 MPa. Sovelitdan tomonlari 500

    170

    30

    50 mm ga teng 
    bo‘lgan pardozbop plitalar tayyorlanadi. 
    Vulkanit — tog‘ jinslaridan trepel, diotomit yoki vulqon kuli (50—60 qism og‘irligida), ohak kukuni (18—
    20 qism og‘irligida) va asbest (20—25 qism og‘irligida) qorishmasidan ishlangan plitani avtoklavda qotirib 
    olingan issiq-sovuqni o‘tkazmaydigan ashyodir.


    Yassi vulkanit plitalarining uzunligi 500 mm, eni 1700 mm, qalinligi 20—50 mm, quruq holdagi hajmiy 
    og‘irligi ko‘pi bilan 450 kg/m
    3
    , issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti 0,065—0,778 Vt/(m 
    
    °C), egilishdagi 
    mustahkamlik chegarasi, 0,3—0,5 MPa ga teng. 
    Vulkanit asbestli buyumlar ichida qurilishda eng ko‘p ishlatiladiganidir. U 600°C dan yuqori haroratda 
    ishlatilmaydi. 

    Download 1,14 Mb.
    1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   168




    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Issiq-sovuqni kam o‘tkazuvchan anorganik ashyolar

    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish