• ISSIQ-SOVUQNI KAM O‘TKAZADIGAN ORGANIK ASHYOLAR Qoplama pardozbop yog‘och tolali plitalar
  • E qosimov, M. Akbarov




    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet114/168
    Sana19.12.2023
    Hajmi1,14 Mb.
    #124022
    1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   168
    Bog'liq
    Pardozbop qurilish ashyolari. Qisimov E. 2005

    9-bob 
    ISSIQLIKNI KAM O‘TKAZADIGAN 
    PARDOZBOP ASHYOLAR 
    Issiq-sovuqni kam o‘tkazadigan ashyolarning issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti 0,03—0,18 Vt/(m 
    
    °C) 
    ga teng. Ashyolarni issiqlik o‘tkazuvchanligining kamligi, ularda juda ko‘p mayda havo pufakchalari kabi 
    g‘ovaklarning mavjudligidadir. Ma’lumki, g‘ovaklardagi havo issiq-sovuqni o‘zidan yomon o‘tkazadi. 
    Masalan, diametri 1 mm gacha bo‘lgan g‘ovakning uy haroratidagi issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti 0,02 
    Vt/(m 
    
    °C) bo‘lsa, zich tog‘ jinslariniki 100—150 marta katta bo‘ladi. 
    Issiq-sovuqni kam o‘tkazadigan organik ashyolar o‘simlik yoki hayvonot mahsulotlarini qayta ishlab 
    olinadigan tolalardan, g‘ovakli plastmassadan tayyorlanadi. Anorganik ashyolar esa tog‘ jinslari, shisha 
    toshqol va boshqa ashyolardan olinadi. 
    Issiq-sovuqni kam o‘tkazuvchi pardozbop organik ashyolarga yog‘och tolasi va qirindisidan tayyorlangan 
    plitalar, namat, shevelin, fibrolit, g‘ovak plastmassa va shu kabilar kiradi. Anorganik issiqlik saqlovchi 
    ashyolarga mineral paxta, paxta-namat, shisha-paxta plitalar, ko‘pik-shisha, asbestli ashyolar, keramzit, 
    agloporit va shu kabilar kiradi. 
    Bino va inshoot devorlarining konstruktiv qismlari issiqlikni kam o‘tkazadigan ashyolardan bo‘lishi isitish 
    energiyasini tejashga olib keladi. Issiq o‘choqlar bunday ashyolar bilan o‘ralganida 20—30% issiqlik saqlab 
    qolinadi. Bunday ashyolar sovitkichlarni muhofaza qilishda katta ahamiyatga ega. 
    ISSIQ-SOVUQNI KAM O‘TKAZADIGAN ORGANIK ASHYOLAR


    Qoplama pardozbop yog‘och tolali plitalar — yelimli suv bilan qorishtirilgan yog‘och tolalarini qolipga
    joylab, zichlab, keyin su- n’iy yoki tabiiy usulda quritib olingan ashyo. Uning suvga chidamliligini oshirish 
    maqsadida qorishmaga parafin emulsiyasi qo‘shiladi.
    Plitalarning uzunligi 1200—3000 mm, eni 600—1600 mm, qalinligi esa 12,5—25 mm bo‘ladi. Plitaning 
    hajmiy og‘irligi 40 kg/m
    3
    dan oshmaydi. 
    Akustik xususiyatga ega bo‘lgan yog‘och tolali pardozbop plitalar maxsus uskunalarda oldindan 
    tayyorlangan yog‘och-tola, bog‘lovchi modda va suvdan tashkil topgan qorishmani qoliplash yo‘li bilan ishlab 
    chiqariladi. Yog‘och-tola plitalar devorlar, shiplar, pollar, pardadevorlar hamda bino konstruksiyalarining 
    issiqlik va tovush o‘tkazmaydigan qismlari sifatida ishlatiladi. Bundan tashqari, teatr, kino va konsert 
    zallarining akustikasini ta’minlashda pardozbop akustik yog‘och tola plitalar ishlatiladi. 

    Download 1,14 Mb.
    1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   168




    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish