Uyushmaga qarashli korxonalarda yiliga: uzunligi 1500 va 1700 mm li emallangan cho‘yan vannalardan
250 ming dona; diametri 50, 100 va 150 mm li ehtiyot qismlari bilan ishlab chiqariladigan oqova suv
quvurlaridan 37000 tonna; emallangan po‘lat buyumlar esa (idishlar) 600 ming dona miqdorida ishlab
chiqarilmoqda.
«Santexquyma» AU sanoat va yirik qurilish inshootlari uchun zarur bo‘lgan cho‘yan santexnika
buyumlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Xomashyo sifatida ishlatiladigan cho‘yan quymasi, quyma
koks, sovuq usulda ishlangan po‘lat listlari, kukun va shisha emallar Rossiyadan keltiriladi. Cho‘yan parchalari
esa respublikamizda tayyorlanadi.
Yaqin kunlarda O‘zbekiston metallurgiya kombinati bilan hamkorlikda shisha emal kukuni ishlab chiqarish
yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda. Shunga qaramay «Santexquyma» AU bozor raqobati talablariga javob bermay
qoldi. Bunga mutaxassis kadrlarning yetishmasligi, Rossiyadan keltirilayotgan xomashyolarning qimmatga
tushayotgani, bozor talablarining chuqur o‘rganilmayotganligi kabi bir qancha muammolar sabab bo‘lmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaroriga ko‘ra davlat budjetidan 2 yil muddatga berilgan
sanatsiya yordamida korxonalarning ishlab chiqarish faoliyatini yaxshilash lozim.
Sinov savollari
1. Beton, temir-beton nima? Ilk bor qachon ishlatilgan?
2. Armatura nima va uning temir-betondagi roli.
3. Oldin tayyorlangan temir-beton buyumlarni izohlang.
4. Pardozbop beton tayyorlash usullarini bilasizmi?
5. Qurilishda ishlatiladigan temir xillari.
6. Pardozbop temirning xossalari.
7. Cho‘yan nima. Ishlab chiqarish texnologiyasi. Tarkibiy qismi.
8. Cho‘yanning xossalari.
9. Po‘latning xossalari.
10. Rangli pardozbop metallar.
11. Aluminiy va mis qotishmalari.
12. Magniy va uning qotishmalari.
13. Qo‘rg‘oshin va qalay.
14. Pardozbop noyob metallar va qotishmalar.
15. Temir unidan ishlangan buyumlar.
16. Temirning zanglashi va undan saqlanish usullari.