• TEMIRLARNING ZANGLASHI VA CHIDAMLILIGINI OSHIRISH
  • E qosimov, M. Akbarov




    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet110/168
    Sana19.12.2023
    Hajmi1,14 Mb.
    #124022
    1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   168
    Bog'liq
    Pardozbop qurilish ashyolari. Qisimov E. 2005

    Molibden — oq, yaltiroq, juda qattiq, zichligi 10320 kg/m
    3
    , erish harorati 2570—2600°C ga teng nodir 
    metall. Asosan maxsus qotishmalar olishda legirlovchi element sifatida ishlatiladi.
    Volfram — kumushsimon oqish rangdagi, juda qattiq, zichligi 19000—20000 kg/m
    3
    , erish harorati 
    3370 

    50°C ga teng bo‘lgan nodir metalldir. Maxsus xususiyatga ega bo‘lgan yuqori sifatli po‘latlar hamda 
    qattiq qotishmalar olishda ishlatiladi. 
    Temir uni. Bir jinsli yoki har xil temir aralashmalarini maydalab olingan kukunni eritgunga qadar qizdirib 
    yoki qisman erigan holatda yuqori bosimda zichlab olingan buyumga temir kukunli yoki temir-sopol 
    ashyolar deb ataladi. Hozirgi vaqtda temir va notemir ashyolardan olingan kukunni zichlab, har xil shakldagi 
    buyumlar olish texnologiyasi keng rivojlanmoqda. Ayniqsa, qolipga joylangan temirni erigunga qadar qizdirib 
    olingan uzun buyumlar sanoatda ko‘p ishlatilmoqda. Temir kukunli texnologiya asosida olingan buyumlarning 
    hajmiy g‘ovakligi 40—45% ga teng, tolali temirlardan ishlangan buyumniki esa 80% dan kam bo‘lmaydi. 
    Temir tolali buyumlardan yuqori haroratda tovushdan va tebratma uskunalardan chiqadigan shovqindan 
    muhofaza qilishga mos buyumlar ishlanadi. Nodir, o‘tga chidamli temir kukunlaridan ishlangan qismlarni 
    sanoatda tutgan o‘rni alohida ahamiyatga ega. Ayniqsa, volfram, molibden kukunlari bilan sopol 
    aralashmalaridan olingan qotishmalar eng samarali ashyolar guruhiga kiradi. Bundan qotishmalarni o‘tga 
    chidamli karbid va kobalt kukunlari bilan o‘zaro aralashtirib erigunga qadar qizdirib, keyin zichlab olinadi. 
    Shuningdek, qotishmalar tarkibida karbid, titan, volfram kabi nodir metall kukunlari ham bo‘lishi mumkin. 
    Natijada, olmos singari qattiq, erish harorati 800—1000°C bo‘lgan qotishmalar hosil bo‘ladi. 
    TEMIRLARNING ZANGLASHI VA 
     
    CHIDAMLILIGINI OSHIRISH 
    Tashqi muhitdan ta’sir etuvchi zararli moddalar, temir yuzasida kimyoviy yoki elektrkimyoviy reaksiya 
    hosil qiladi va natijada buzilish boshlanadi. Bu jarayon zanglash deb ataladi. Kimyoviy zanglash — zararli 
    muhitda temir yuzasida hosil bo‘ladigan reaksiya natijasida qumoq-qumoq oksidlar ajraladi. Buning sababi 
    kislorod bilan namni havo tarkibidagi karbonat angidrid, xlor, oltingugurt gazlari yoki kislotalar bilan 
    kimyoviy reaksiyaga kirishib zanglashidir. 

    Download 1,14 Mb.
    1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   168




    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish