• Mis va uning qotishmalari.
  • E qosimov, M. Akbarov




    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet108/168
    Sana19.12.2023
    Hajmi1,14 Mb.
    #124022
    1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   168
    Bog'liq
    Pardozbop qurilish ashyolari. Qisimov E. 2005

    Qo‘rg‘oshin — yumshoq, plastik og‘ir temirdir. Zichligi 11400 kg/m
    3
    , erish harorati 327°C. Suyuq 
    qo‘rg‘oshin suv singari quyilib yoyiladi. Sulfat kislota ta’siriga chidamli. Cho‘zilishdagi mustahkamligi 2,1 
    MPa. Rengen nurlarini o‘tkazmaydi. Gamma nurlari qisman o‘tadi. Qurilishda qo‘rg‘oshin maxsus quvurlarni 
    zanglashdan saqlovchi qatlam sifatida hamda tovush va suvdan muhofaza qilishda ishlatiladi. Qo‘rg‘oshin 
    sulfidli tog‘ jinsi rudasidan olinadi. 
    Qalay — yumshoq, zanglashga chidamli temir. Zichligi 7230 kg/m
    3
    , erish harorati 232°C. Oson eruvchan 
    qotishmalar olishda, po‘latni mis bilan yopishtirishda ishlatiladi. Cho‘zilishdagi mustahkamlik chegarasi 3,5—
    4,5 MPa. Cho‘zilish darajasi 40%, qattiqligi 12 ga teng. Sanoatda tog‘ jinsi qalay toshi rudasidan olinadi. 
    Mis va uning qotishmalari. Pardozbop mis qizil rangli, zichligi 8800 kg/m
    3
    , erish harorati 1083°C 
    bo‘lgan temirdir. Cho‘zilishdagi mustahkamlik chegarasi 2,0 MPa, cho‘ziluvchanlik darajasi 30-60% ga teng. 
    Mis yumshoq va plastik temir, metall bo‘lib, elektr va issiqlikni o‘zidan tez o‘tkazadi. Mis misli, sulfidli va 
    oksidlangan rudalardan olinadi. Asosan elektr simlari va har xil pardozbop qotishmalar olishda qo‘shimcha 
    sifatida ishlatiladi.
    Mis bilan ruxni qo‘shib olingan qotishma latun deb ataladi. Latunning mustahkamligi va zanglashga 
    chidamliligi yuqori, shuningdek, uni sovuq yoki qizigan holatda bolg‘alash mumkin. Ayrim hollarda latunga 
    qo‘rg‘oshin, qalay, aluminiy, kremniy singari metallar qo‘shib qotishmalar olinadi. Latundan pardozbop latun 
    taxtasi, sim, quvurlar, shuningdek, me’moriy qismlar ishlanadi. Agar misga 10% gacha qalay qo‘shilsa qalay 
    bronzasi olinadi. Bronza inshootlarning ichki qismida santexnika uskunalari, shamollatish panjasi, karniz 
    (qosh) farnituralar va pardozbop listlar sifatida ishlatiladi.


    Hozirgi vaqtda mis va uning qotishmalari qimmat bo‘lganligi tufayli ularning o‘rniga shisha, 
    plastmassalar, kimyoviy qayta ishlangan yog‘ochlar ko‘plab ishlatilmoqda. 

    Download 1,14 Mb.
    1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   168




    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish