|
E qosimov, M. Akbarov Pdf ko'rish
|
bet | 105/168 | Sana | 19.12.2023 | Hajmi | 1,14 Mb. | | #124022 |
Bog'liq Pardozbop qurilish ashyolari. Qisimov E. 2005Cho‘yan ishlab chiqarish. Cho‘yan tog‘ jinsi — temir rudasi hamda temir chiqindilari va flyuslarni eritib
olinadi. Tog‘ jinsi tarkibidagi temir har xil moddalar — kislorod, oltingugurt va hokazolar bilan kimyoviy
birikkan bo‘ladi. Cho‘yanda asosan temirning har xil turlari mavjud, jumladan, 72% gacha magnitli temir
(Fe
3
O
4
), 70% qizil temir (2Fe
2
O
3
3H
2
O) misol qilish mumkin. Shuningdek, cho‘yan tarkibida legirlovchi
aralashmalar bo‘lgan (xrom, nikel, titan, marganes va boshqalar) rangli temir rudasidan ham olinadi. Temir
rudasidan cho‘yan va rangli temirlarni ajratib olish, hamda erish haroratini pasaytirish maqsadida eritmaga
flyuslar yoki erituvchilar qo‘shiladi.
Po‘lat qizdirib qayta ishlanganda uning zichligi oshadi, fizik-mexanik xossalari yaxshilanadi. Po‘latni
quyidagi usullar bilan qayta ishlash mumkin: chiniqtirish, maydalash, bo‘shatish, yumshatish, normal holatga
keltirish.
Po‘lat eritmasiga legirlovchi qo‘shilmalardan aluminiy, vanadiy, titan, xrom va shu singari moddalar
qo‘shilsa, uning eskirishiga qarshiligi oshadi.
Temirning shaklini o‘zgartirishda og‘ir po‘lat g‘o‘lalar orasida ezib yoyish (prokatka), cho‘zib yoki qator
teshiklardan o‘tkazib ingichkalash (volocheniye), bolg‘alash, qoliplash, zichlash, egish, portlatish kabi usullar
qo‘llaniladi (8.7-rasm).
Po‘lat issiq va sovuq holatda eziladi. Uglerodli po‘lat aylanuvchan g‘o‘lalar orasida ezilganda, uning haro-
rati 800—1200°C dan kam bo‘lmasligi kerak. Po‘lat qurilishda taxta, navli va shaklli konstruksiyalar holatida
ko‘p ishlatiladi. Navli po‘lat konstruksiyalar dumaloq, kvadrat shaklda, tasmasimon, keng enli tasmasimon,
yupqa va qalin taxta, to‘lqinli, burchakli, dutavrli, shvellerli, uzluksiz uzun (armaturabop po‘lat) va boshqa
shakllarda bo‘ladi (8.8-rasm).
Temir yuzasida hosil bo‘ladigan to‘ponni (okalina) yo‘qotish uchun uning yuzasiga sulfat kislota
surtiladi, keyin u ishqor eritmasida yuviladi. Ingichkalash yoki cho‘zish usuli bilan qurilishbop armaturalar,
mixlar, boltlar, burama mixlar va hokazolar tayyorlanadi. Ezib ishlangan yoki quyma temirni yana qizdirib
va maxsus zarb bilan uruvchi yoki bolg‘alovchi uskunalarda istalgan shakl berib har xil buyumlar tayyorlash
mumkin (8.9-rasm).
Temir bolg‘alanganda uning makro tuzilishi o‘zgaradi, xossalari yaxshilanadi.
|
| |