• Juda og‘ir betonlar
  • Juda yengil beton
  • E qosimov, M. Akbarov




    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet101/168
    Sana19.12.2023
    Hajmi1,14 Mb.
    #124022
    1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   168
    Bog'liq
    Pardozbop qurilish ashyolari. Qisimov E. 2005

    8-bob 
    PARDOZBOP BETON, TEMIR-BETON 
    VA TEMIR ASHYOLAR 
    Bog‘lovchi modda, mayda va yirik to‘ldirgichlarni suv bilan qorishtirib olingan qorishmaning asta-sekin 
    qotishi natijasida hosil bo‘lgan sun’iy toshlar beton deb ataladi. Beton xossalarini yaxshilash uchun 
    qorishmaga maxsus qo‘shilmalar qo‘shiladi. Masalan, qotish jarayonini tezlashtiruvchi, qorishmaning plas-
    tikligini oshiruvchi, yangi birikmalar hosil qiluvchi moddalar shular jumlasidandir. Zichligiga ko‘ra betonlar 
    quyidagicha tasniflanadi. 
    Juda og‘ir betonlar — bunday betonlarning zichligi 2500 kg/m
    3
    dan katta, bunda to‘ldirgich sifatida 
    po‘lat qipig‘i (po‘lat-beton), bariyli beton, magnezit, cho‘yan qirindisi va boshqalar ishlatiladi. 
    Og‘ir (oddiy) beton — zichligi 1800—2500 kg/m
    3
    , to‘ldirgich sifatida qum, shag‘al yoki chaqilgan tosh 
    va boshqalar ishlatiladi. 
    Yengil beton — bunday betonlarning zichligi 500—1800 kg/m
    3
    , to‘ldirgich sifatida toshqol, keramzit, 
    agloporit, perlit, pemza, tuf va boshqa yengil tabiiy va sun’iy toshlar ishlatiladi. 
    Juda yengil beton — zichligi 500 kg/m
    3
    dan kam bo‘lgan konstruktiv va issiqlikni kam o‘tkazadigan 
    ko‘pik-beton, gaz-beton yoki yirik (qumsiz) g‘ovakli betonlar shular jumlasidandir. 
    Ko‘rinib turibdiki, betonlarning zichligi 300 kg/m
    3
    dan 3600 kg/m
    3
    gacha o‘zgarar ekan. Bu esa, beton 
    buyumlarini yoki konstruksiyalarni kerakli zichlikda tayyorlashga imkon beradi. 
    Bog‘lovchi moddalarning turiga ko‘ra betonlar sementli, gipsli, asfalt-beton, silikat beton, polimer beton 
    kabilarga bo‘linadi. 
    Ishlatilishiga ko‘ra esa ular sanoat va uy-joy qurilishi, gidrotexnik inshootlar uchun qo‘llaniladigan, yo‘l va 
    ko‘priklar qurishda ishlatiladigan beton, kislota, ishqor va boshqa zararli muhitga chidamli beton, radioaktiv 
    nurlarni o‘tkazmaydigan atom va uran qozonlarini qurishda ishlatiladigan maxsus betonlar, o‘tga chidamli 
    beton va turli rangdagi pardozbop betonlarga bo‘linadi. 
    Ushbu o‘quv qo‘llanma mualliflari bu yo‘nalishda anchagina ilmiy-amaliy ishlarni amakda qo‘llashga
    tatbiq etgan olimlardandir. 

    Download 1,14 Mb.
    1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   168




    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish