NAMLANMAYDIGAN SUVOQNING QURISHI




Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/168
Sana19.12.2023
Hajmi1,14 Mb.
#124022
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   168
Bog'liq
Pardozbop qurilish ashyolari. Qisimov E. 2005

NAMLANMAYDIGAN SUVOQNING QURISHI 
Sanoat, ayniqsa turarjoy binolarini suvoq qilgandan keyin uning qurishi uchun qish, bahor va kuz paytlari 
15 kundan 25 kungacha, yoz vaqtlari esa 10—12 kun kerak bo‘ladi. Bunday holat inshootlarni pardozlash yoki 
ta’mirlash ishlarini o‘z vaqtida boshlashga imkon bermaydi. Ish unumi pasayadi. 
Yangi suvoqdan chiqqan xona sun’iy ravishda quritilsa, uning ustki qatlami qurib quyi qatlamdagi namlik 
pardozlash ishlari tugagandan keyin tabiiy qurishi natijasida dog‘lar hosil qiladi. Natijada, pardozlangan 
yuzada dog‘lar hosil bo‘ladi. 
Suvoqbop qorishmaga namlanmaydigan qo‘shilmalarni ishlatganda uning qurish tezligiga ta’siri ilmiy-
amaliy tomondan o‘rganilgan va ijobiy natijalar olingan. Bunda suvoqbop qorishma tarkibida ГKЖ-10 ning 
miqdori 1,5% dan (quruq holatda sement og‘irligiga nisbatan) oshmasligi kerak. Jumladan: 
1. Tarkibida «sement : ohak yoki ohak: qum bo‘lgan qorishmaga namlanmaydigan KO qo‘shilma ishlatilsa 
uning qurish muddati kamayadi. 
2. Yilning bahor, kuz va qish fasllarida havoning namligi oshganda ham namlanmaydigan qo‘shilma 
suvoqbop qorishmasining qurishini 2 marta tezlashtiradi. 
Bunday holatda, bino va inshootlarni pardozlash yoki ta’mirlash ishlarini muddatidan avval boshlashga 
imkon tug‘iladi. Bino va inshootlarning yuvinish xonalari va ularning muntazam nam sharoitda bo‘ladigan 
bo‘laklarini namlanmaydigan qorishma bilan suvaganda xonaning harorati 8—10°C, solishtirma namligi esa 
80—90% atrofida bo‘ishi kerak. G‘isht yoki boshqa ashyolar bilan qurilgan devorni suvashda namligi 15—
25% dan oshmasligi kerak. Bunday sharoitda suvalgan xona 3-5 kunda, namlanmaydigan qo‘shilmasiz suvoq 
esa 8—10 kunda quriydi (7.6-jadval). 
Namlanmaydigan qorishma odatda markaziy qorishma tayyorlaydigan uzellarda yoki qurilish maydonida 
ishlab chiqarilardi. 
Namlanmaydigan qorishma mahsus qorgich uskunasida tayyorlanadi. Buning uchun unga avvalo suvning 
75% i quyiladi, keyin qum, sement va ohak bo‘tqasi solib aralashtiriladi. Suvning qolgan qismiga 
namlanmaydigan qo‘shilma ГKЖ-10 dan 1,5% (sement yoki ohak og‘irligiga nisbatan) qo‘shib qorishma 
qorgichga solib 3-4 daqiqa aralashtiriladi. Tayyor qorishmaning mayinligini (plastikligini) «СтройЦНИИЛ» 
konusi yordamida aniqlanadi. Bunda konusni qorishmaga botish chuqurligi 10 sm dan kam bo‘lmasligi kerak. 
Qorishmaning quyuqlanishi yoki qotishi 8-9 soatdan keyin boshlanishini hisobga olganda, bir kunda 
tayyorlanadigan qorishma ish unumiga ko‘ra ortib qolmasligi kerak. 
7.6-jadval 

Download 1,14 Mb.
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   168




Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish