Qattiq jismlarni namlanish va suv shimuvchanlik darajasi namlanish burchagi orqali ifodalanadi. Buning
uchun jism yuzasi bilan suyuqlik tomchisi orasidagi burchak aniqlanadi. Namlanish burchagi 0° va 180° ga
teng bo‘ladi. Agar bu ko‘rsatkich 0° bo‘lsa,
jism suvga oson shimiluvchan, 180° bo‘lsa, o‘ziga suv yuqtir-
maydigan deb ataladi.
Shunday qilib, namlanish burchagi qanchalik kichik bo‘lsa, jism ushbu suyuqlikda oson shimiluvchan
bo‘ladi. Undagi g‘ovaklar va naychalarga suyuqlik osongina kirib shimiladi.
Agar
qurilish ashyolari, buyumlari yoki ular yuzasidagi g‘ovak va naychalar suv yuqtirmaydigan KO
suyuqliklar bilan ishlangan bo‘lsa, ularni suv shimuvchanligi, suv o‘tkazuvchanligi
sezilarli darajada
kamayadi, mustahkamlik xossalari esa yaxshilanadi. Masalan, g‘ovaklarining o‘rtacha diametri 10 mk ga teng
sement:ohak:qum tarkibli suvoq yuzasi KO suyuqlik bilan surtilgan bo‘lsa, kuchli bo‘ron yomg‘iri ta’sirida
ham bunday suvoq namlanmaydi. Bunda yomg‘irning suvoq yuzasiga ta’sir etuvchi gidrostatik bosimi o‘rta
hisobda 200-400 mm li suv ustuniga teng bo‘ladi.
Qurilish qorishmalari tarkibidagi samarali suyuqlik ГKЖ-10 va ГKЖ-11 larning quruq holatdagi miqdori
sement yoki ohak og‘irligiga ko‘ra 1,5% dan kam bo‘lmasligi kerak. Qovushqoqlikni oshiruvchi KO
suyuqliklar qorishmaning suv shimuvchanligini va suv o‘tkazuvchanligini kamaytiradi. ГKЖ-11 ning
samaradorligi ГKЖ-10 ga nisbatan pastdir. Qurilish qorishma xossalariga KO suyuqliklarning ta’siri 7.3-
jadvalda ko‘rsatilgan.
Agar suvoqbop qorishma tarkibi o‘zgarsa, ГKЖ suyuqliklarni qorishma xossalariga ta’siri ham o‘zgaradi.
Har xil tarkibdagi (sement : ohak : qum) suvoqbop qorishmalariga 1,5% miqdorda qo‘shilgan ГKЖ
suyuqliklarni ularni suv shimuvchanligi va suv o‘tkazuvchanligiga ta’sirini 7.4-jadvalda ko‘rish mumkin.
Jadvaldagi ko‘rsatkichlarga ko‘ra zich tuzilishga ega bo‘lgan suvoqbop qorishmalarga qo‘shilgan ГKЖ
suyuqlik ularni suv shimuvchanligi bilan suv o‘tkazuvchanligini sezilarli darajada kamaytiradi.
7.3-jadval