• ГКЖ kukuni asosida tayyorlanadigan eritma tarkibi
  • PARDOZBOP QORISHMANING SUV YUQTIRMASLIGINI OSHIRISH
  • KO SUYUQLIKLARINI TAYYORLASH




    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet96/168
    Sana19.12.2023
    Hajmi1,14 Mb.
    #124022
    1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   168
    Bog'liq
    Pardozbop qurilish ashyolari. Qisimov E. 2005

    KO SUYUQLIKLARINI TAYYORLASH 
    Ishlatish uchun tayyor natriy alkilsilikonat (ГKЖ-10, ГKЖ-11) suyuqlikni tayyorlashdan oldin quruq 
    ГKЖ-10, ГKЖ-11 kukuni bilan suvni aralashtirib kerakli konsentratsiyadagi boshlang‘ich eritma olinadi. 
    Keyin boshlang‘ich eritmani qurilish maydonida yana suv bilan aralashtirib quruq kukun og‘irligiga nisbatan 
    konsentratsiyadagi suyuqlikni 7.5-jadvaldagi ko‘rsatkichlarga ko‘ra tayyorlanadi. 
    7.5-jadval 
    ГКЖ kukuni asosida tayyorlanadigan eritma tarkibi 
    Qurilishda ishlatish uchun 4 soatga yetadigan qilib ГKЖ suyuqligi tayyorlanadi. Aks holda, kislota va 
    havodagi karbonat angidrid ta’sirida eritma yaroqsiz bo‘lib qolishi mumkin. 
    Agar ГKЖ suyuqliklari saqlanadigan idish mahkam berkitilsa, uni 3-4 kunga yetadigan qilib tayyorlasa 
    ham bo‘ladi. 
    ГKЖ suyuqliklarini quyosh nuri va havo ta’sirida bo‘lmagan temir yoki shisha idishlarda 6 oygacha 
    saqlash mumkin. ГKЖ-94 suyuqligini esa bir yilgacha saqlasa bo‘ladi. Undan keyin ularning sifati davlat 
    standartlariga ko‘ra tekshirilishi lozim. 
    PARDOZBOP QORISHMANING SUV 
    YUQTIRMASLIGINI OSHIRISH 
    Suvoqbop mineral qorishmalarning namlanmasligini oshirish uchun ishlatiladigan KO suyuqliklar 
    qorishmani mayinligini yaxshilaydi. Masalan, sement:ohak:qum tarkibli qorishmaning mayinligi ГKЖ-10 
    bilan oshirilganda ohak miqdorini 50% kamaytirsa bo‘ladi. Bundan tashqari namlanmaydigan qorishmaning 
    mustahkamligi 30—40% ga oshadi. 
    Ma’lumki, devor suvoq qilingandan keyin, bir oz vaqt o‘tib uning yuzasida namlik yoki zang bo‘lmasa 
    sho‘ralash dog‘lari hosil bo‘ladi. Bunday dog‘larni xonaning shipida, yerto‘la yoki sokol devor yuzalarida 
    ko‘rish mumkin. Bunday dog‘lar devor qurishda ishlatilgan qorishmadagi suvni shimgan g‘ishtdan suvoq 
    yuzasi tomon tuz, ishqor yoki suvda oson eruvchan eritma kabi namlikning o‘tishi natijasida hosil bo‘ladi. 
    Agar ishlatilayotgan g‘isht tuzli yoki zararli moddalar aralashgan tuproqdan tayyorlangan bo‘lsa, u holda 
    suvoq yuzasida bunday dog‘lar ko‘payadi. Agar suvoqbop qorishmaga namlanmaydigan KO moddalardan 
    qo‘shilsa, u dog‘ hosil qiluvchi namlikni suvoq yuzasiga o‘tishidan saqlaydi. 
    Suvoq yuzasi muntazam ravishda namlanib va quyosh haroratida qurib turadi. Namlanmaydigan KO 
    suyuqlik qo‘shilgan suvoqbop qorishmani 15 marta suvga to‘la shimdirib keyin quritganda uning yuzasida 
    hech qanday dog‘lar hosil bo‘lmaydi. Aks holda, shunday sharoitdagi suvoq yuzasida 8-10 martadan keyin 
    dog‘lar va mayda yoriqlar hosil bo‘ladi. Bunday suvoq yuzasi yog‘li bo‘yoq bilan surkalganda ham unda tuz 
    sho‘ralari kabi dog‘lar hosil bo‘laveradi. 



    Download 1,14 Mb.
    1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   168




    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish