• QURILISH QORISHMALARINING XILLARI Pardozbop-suvoqbop qorishmalar.
  • Birinchi qatlam —qora suvoq
  • Ko‘p ishlatiladigan gidravlik qorishmalar tarkibi




    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet93/168
    Sana19.12.2023
    Hajmi1,14 Mb.
    #124022
    1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   168
    Bog'liq
    Pardozbop qurilish ashyolari. Qisimov E. 2005

    Ko‘p ishlatiladigan gidravlik qorishmalar tarkibi 


    Havoyi ohak qorishmalari asosan binoning namlik ta’siridan xoli bo‘lgan qismlarida ishlatiladi. Uning 
    siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 0,4-1,0 MPa ga teng. 
    To‘ldirgichlarning yirikligi devor choklarining qalinligiga qarab belgilanadi. Umuman, qumning yirikligi 
    chok qalinligining 1/4-1/5 qismidan oshmasligi yoki uning yirikligi ko‘pi bilan 2,5 mm bo‘lishi kerak. Yuqori 
    (100 dan katta) markali qorishmalar uchun qum tarkibidagi zararli aralashmalar 5% dan oshmasligi kerak. 
    Davlat standartlariga ko‘ra markasi 25 va 50 bo‘lgan qorishma uchun qum tarkibida chang va loy zarrachalari 
    miqdori 10% gacha ruxsat etilgan. 
    Qorishmalarni ishlash dastlab ashyolarni tayyorlash, tortish va aralashtirishdan boshlanadi. Qorishma 
    tayyorlashda ishlatiladigan to‘ldirgichlar katagining kattaligi 2 mm li g‘alvirdan o‘tkazilishi kerak. Agar 
    qorishmaga tuproq qo‘shilsa, uning yoyiluvchanligini 14-15 sm ga teng qilib suvda qorishtiriladi, so‘ngra 
    qorishmaga qo‘shiladi. Agar qorishma yetarli darajada mustahkam bo‘lmasa, unga 10—15% sement 
    qo‘shiladi, mustahkamligi keragidan ortiq bo‘lsa sement miqdori kamaytiriladi. 
    QURILISH QORISHMALARINING XILLARI 
    Pardozbop-suvoqbop qorishmalar. Suvoqbop qorishmalar g‘isht, tosh terishda ishlatiladigan qorishmaga 
    nisbatan mustahkamligi kam bo‘ladi (0,2-1MPa). Bunday qorishma uchun asosiy ko‘rsatkich uning qulay 
    joylanuvchanligi, mayinligi, yuqori yopishqoqligi, asos bilan mustahkam birikishi va qotish jarayonida uning 
    sirtida darz va yoriqlar hosil bo‘lmasligi hamda rang beruvchi pigmentlarning chidamliligidir. Agar 
    pardozbop-suvoqbop qorishma konstruksiyani korroziyadan saqlash maqsadida ishlatilsa, u holda 
    qorishmaning mustahkamligi yuqori, zich, chidamli va o‘zidan suv o‘tkazmaydigan bo‘lishi kerak. Pardozbop-
    suvoqbop qorishma quyuq bo‘lsa, yupqa qatlamda devor yuzasiga yotqizilganda u kichik choklarni 
    to‘lg‘azmaydi va tegishli sirt bilan mustahkam birikmaydi. Shu sababli suvoqbop qorishmalar yuqori 
    yoyiluvchi, ya’ni mayin qilib tayyorlanadi. 
    Oddiy suvoq uch qatlamdan iborat bo‘ladi. Birinchi qatlam —qora suvoq deb ataluvchi yuzani 
    tayyorlash qatlam bo‘lib, uning qalinligi 5—8 mm ga teng. Bunda, qorishmaning yoyiluvchanligi yoki 
    konusning cho‘kish chuqurligi 3—12 sm bo‘lishi kerak. Ikkinchi qatlam — asosiy qatlamning qalinligi 5—
    12 mm, qorishmaning yoyiluvchanligi esa 7-8 sm bo‘ladi. Uchinchi qatlam —pardozlash yoki tekislash 
    qatlami qalinligi 1,5-2 mm. Bu qatlam uchun qorishmaning yoyiluvchanligi 7-10 sm bo‘lishi kerak. 
    Bino devorlarining ichki tomon sirtini suvashda asosan ohakli va ohak-gipsli qorishmalar ishlatiladi. 
    Bunda birinchi qatlam uchun qorishma tarkibi 1:3, ikkinchi qatlam uchun esa 1:2 nisbatda olinadi. 

    Download 1,14 Mb.
    1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   168




    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ko‘p ishlatiladigan gidravlik qorishmalar tarkibi

    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish