Tarkibi 1:1:4 nisbatda tayyorlangan ГKЖ-10 va ГKЖ-11 KO




Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/168
Sana19.12.2023
Hajmi1,14 Mb.
#124022
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   168
Bog'liq
Pardozbop qurilish ashyolari. Qisimov E. 2005

 
Tarkibi 1:1:4 nisbatda tayyorlangan ГKЖ-10 va ГKЖ-11 KO 
suyuqliklari qo‘shilgan suvoqbop qorishmaning
suv shimuvchanligi va suv o‘tkazuvchanligi 
ГKЖ suyuqliklari qurilish qorishmalarini mayinligini yaxshilash hisobiga ularning siqilishdagi 
mustahkamligini 30-40% gacha oshiradi. Ohak : qum qorishmasiga ГKЖ suyuqliklarini ta’siri ham 
o‘rganilgan. Izlanishlar shuni ko‘rsatdiki ГKЖ suyuqliklari sementsiz qorishmalarni ham suv 
shimuvchanligini va suv o‘tkazuvchanligini kamaytirar ekan. 
7.4-jadval 
 
Har xil tarkibdagi ГKЖ suyuqliklari qo‘shilgan suvoqbop 
qorishmaning suv shimuvchanligi va suv o‘tkazuvchanligining 
o‘zgarishi (ГKЖ-10 sement og‘irligiga nisbatan 1,5%) 
KREMNEORGANIK SUYUQLIKLARNING 
XOSSALARI 
Qurilish qorishmalarining qayishqoqligini, suv yuqtirmasligini oshirishda asosan natriy alkilsilikonati va 
polietilgidrosilaksan suyuqligi ishlatiladi. 
Alkilsilikonat suyuqliklari ichida qurilishda eng keng tarqalgan natriy etilsilikonati (ГKЖ-10) va natriy 
metilsilikonatidir (ГKЖ-11). Bunday suyuqliklar ishqor reaksiyasiga ega bo‘lib, suv va etil spirtida oson 
eriydi. Ammo, uglevodorodlar bilan aralashmaydi va erimaydi. 
Uni ishlatish inson uchun zararli emas. Natriy alkilsilikonatining xossalari: 
— zichligi (20°C da, g/sm
3
) — 1,2; 
— kremniy miqdori (% dan ko‘p) — 4; 
— ishqor miqdori (% da) — 15; 
— quruq qoldiq; (% da) — 30; 
— suv yuqtirmasligi (soatgacha) — 3. 


Alkilsilikonatlar qo‘shilgan qorishma yoki betonning muzlash harorati past bo‘ladi. Natriy alkilsilikonatlari 
30% eritma sifatida maxsus idishlarda saqlanadi. Ishlatishdan oldin unga suv qo‘shilib 3 dan 5% gacha eritma 
tayyorlanadi. Alkilsilikonatlarning eritma darajasi 5% oshib ketsa, beton yoki suvoq yuzasida oq dog‘lar paydo 
bo‘ladi. Uni suvda eruvchanligi ishlatishda ancha qulayliklar tug‘diradi. Saqlash muddati 4-5 yil. 
Polialkilgidrosilakson suyuqligi (ГKЖ-94) suvda erimaydi, ammo benzin, toluol, uayt-spirt kabi organik 
eritmalarda oson eriydi. ГKЖ-94 dan yuqoridagi eritmalar asosida 1—10% li suyuqlik yoki 1—15% ГKЖ-94 
suvi tayyorlanadi. ГKЖ-94 suvini tayyorlash uchun 50 qism (og‘irlik hisobida) ГKЖ-94, 49 qism suv va 1 
qism emulgator (jelatin, kir yuvish kukuni) torozida tortiladi va minutiga 8000—10000 marta aylanadigan 
qorgichda aralashtiriladi. ГKЖ-94 suvida cho‘kindi paydo bo‘lsa, uni bir ozgina chayqatilsa, suyuqlik yana 
qayta holatiga qaytadi. 
ГKЖ-94 suyuqligi ishqorli ashyolarni muhofaza qilishda keng ishlatiladi. ГKЖ-94 suyuqligining asosiy 
xossalari: 
— zichligi (20°C da, g/sm
3
) — 0,99-1,0; 
— faol vodorod miqdori (% da) — 1,30-1,42; 
— rH miqdori (% da) — 6. 

Download 1,14 Mb.
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   168




Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tarkibi 1:1:4 nisbatda tayyorlangan ГKЖ-10 va ГKЖ-11 KO

Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish