• Qurilish qorishmalari
  • E qosimov, M. Akbarov




    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet91/168
    Sana19.12.2023
    Hajmi1,14 Mb.
    #124022
    1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   168
    Bog'liq
    Pardozbop qurilish ashyolari. Qisimov E. 2005

    7-bob 
    PARDOZBOP QURILISH QORISHMALARI 
    Qumli (yoki yirik to‘ldirgichsiz) beton deb ataluvchi qurilish qorishmasi, bog‘lovchi moddalardan 
    birortasini (sement, ohak, gips va boshqalarni) suv, qum, rangli pigmentlar va har xil qo‘shilmalar bilan 
    qorishtirib tayyorlanadi. 
    Qurilish qorishmalari suvoqchilikda, tosh, g‘isht, bloklar va boshqalardan devorlar qurishda, devorbop 
    bloklar, plita-taxtalar tayyorlashda ishlatiladi. Qurilish qorishmalarini tayyorlashda qum to‘ldirgichlarning 
    yirikligi 5 mm dan oshmasligi lozim. 
    Qurilish qorishmalari (quruq holatidagi) zichligiga ko‘ra oddiy — zichligi 1500 kg/m
    3
    dan katta va 
    yengil — zichligi 1500 kg/m
    3
    dan kichik bo‘lgan xillarga bo‘linadi. Oddiy qorishmalar uchun to‘ldirgich 
    sifatida zichligi katta bo‘lgan (1500 kg/m
    3
    dan katta) daryo toshlaridan maydalab ishlangan qumlar, yengil xili 
    uchun esa g‘ovakli yengil qumlar (keramzit, agloporit, pemza) ishlatiladi. Qorishmadagi bog‘lovchi 
    moddalarning xiliga ko‘ra oddiy va pardozbop qorishmalar — sementli, ohakli, gips- li yoki murakkab 
    qorishmali sement-ohakli, sement-tuproqli, ohak-gipsli kabi turlariga bo‘linadi. Ishlatilishiga qarab qorish-
    malar devorbop, pardozbop va maxsus qorishmalarga bo‘linadi. 
    Qurilish qorishmalari uchun bog‘lovchi moddalar sifatida portlandsement, rangli sement, toshqol-
    portlandsement, putsolan-portlandsementlar ishlatiladi. Bunday bog‘lovchilar bilan tayyorlangan 
    qorishmalar suv, nam yoki boshqa zararli muhitdagi inshootlar qurishda ishlatiladi. Odatda ishlatiladigan 
    gidravlik bog‘lovchilarning markasi qorishma markasidan 3-4 marta katta bo‘lishi kerak. Nam va suv 
    ta’siridan uzoqda, quruq sharoitdagi qurilish qismlari uchun havoyi ohak, tuproq va gipsli bog‘lovchi 
    moddalar ishlatiladi. 
    Qum tarkibida tuproq bo‘laklari yoki zararli aralashmalar bo‘lsa, elakdan o‘tkazib tozalanadi. G‘isht 
    terishda yirikligi 2 mm dan katta bo‘lmagan qumlar ishlatiladi. Markasi M 50 ga teng bo‘lgan qurilish 
    qorishmalarida sog‘tuproq changlari 20% gacha bo‘lishi mumkin. 
    Qorishmalarning plastikligini oshirishda plastifikator-qo‘shilmalarining ahamiyati katta. Chunki, g‘ovak 
    asosga (g‘isht, yengil beton, serg‘ovak toshlar va h.k.) yupqa qorishma bilan g‘isht terganda yoki suvoq 


    qilganda, u o‘zidagi suvni saqlagan holda qotishini ta’minlamasa asos suvni tezda o‘ziga singdiradi va 
    qorishmaning mustahkamligi keskin kamayadi. Qorishmani suv ushlashligini va plastikligini ta’minlashda 
    anorganik va organik qo‘shilmalar ishlatiladi. Suv va namni o‘zida ushlab turadigan qo‘shilmalar — ohak, kul, 
    tuproq, diatomit, tuyilgan toshqol va h.k. qorishmaning plastikligini oshiradi. Bunday qo‘shilmalarda organik 
    aralashmalar suvoq yuzasida oq dog‘lar hosil qiluvchi tez eruvchan tuzlar bo‘lmasligi kerak. Tuproqni 
    qorishmaga suv bilan quyqa holatida qo‘shish kerak. Qurilish qorishmalariga sirt-faol plastiklovchi va havo 
    pufakchalarini o‘ziga singdiruvchi organik qo‘shilmalardan sovunsimon yog‘och peki, kanifol sovuni, 
    milonaft, ЛСT va h.k. lar qo‘shiladi. Bunday qo‘shilmalarning afzalligi shundaki, ular qorishmaning sovuqqa 
    chidamliligini oshiradi, suv shimuvchanligi va kirishishini kamaytiradi. Qish vaqtlari ishlatiladigan 
    qorishmalarni tez qotishi uchun ularga muzlashning oldini oladigan qo‘shilmalar — kalsiy xlorlid, potash, 
    natriy xlorlid, xlorli ohak va h.k. ishlatiladi. 

    Download 1,14 Mb.
    1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   168




    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish