— Nukus ohak zavodi quvvati 65 ming tonna. Xomashyo bazasi — Aktau koni. Zaxirasi 18,4 mln tonna.
Ta’minoti 30 yil.
— Qo‘shko‘pir silikat zavodi, Jumuratau koni ohak asosida ishlaydi. Zaxirasi 552 ming tonna.
— Bekobod sement kombinati ohak sexining quvvati 70 ming tonna.
U Farhod koni ohagi asosida ishlaydi (6,1 mln tonna). Ta’minoti 6 yil.
— Quvasoysement AU dagi ohak sexi. Quvvati 97 ming tonna. Xomashyo bazasi Quvasoy ohak koni
(17,4 mln tonna). Ta’minoti 14 yil.
O‘zbekiston bo‘yicha jami 130 ta ohaktosh konlari mavjud. Ulardan 15—20%
sifatli ohak ishlab
chiqarilishi aniqlangan.
Gips ishlab chiqarish. Gipsli bog‘lovchi moddalarning O‘zbekistonda keng miqyosda ishlatilganligi,
arxeologlarning ko‘rsatishicha VII—XI va X—XIII asrlarga to‘g‘ri keladi. Bu davrda gips, asosan g‘isht
terishda, san’at koshonalarini bezashda va toshlarga o‘yib gullar solishda ko‘p ishlatilgan.
Ma’lumki, gips havoda qotadigan bog‘lovchidir. Shunga ko‘ra bizning
ota-bobolarimiz gipsli
bog‘lovchilarni ob-havo, suv, nam ta’siriga chidamliligini va mustahkamligini oshirish maqsadida juda ko‘p
turli faol qo‘shilmalar qo‘shib tajribalar qilishgan. Masalan, gips qorishmasining plastikligini, yopishuv-
chanligini, buyumning chidamliligini oshirish maqsadida maxsus o‘simlik yelimi ishlatilgan.
Gipsning ob-havo ta’siriga chidamliligini
oshirish maqsadida, qorishmaga o‘simlik kuli, tuyilgan pista
ko‘mir, g‘isht kukuni, ohak va boshqalar qo‘shib devorlar qurishda, suvoqchilikda va me’morchilikda
ishlatilgan.
O‘zbekiston yuqori sifatli gips bog‘lovchilaribop xomashyo zaxiralariga juda boy respublikadir.
Respublikamizda ikki molekula
suvli tabiiy gips va ganch, shuningdek, tabiiy angidrid — CaSO
4
zaxiralari
juda ko‘p tarqalgan.
Ganch bilan arzik o‘zining mineralogik tarkibiga ko‘ra sog‘ tuproqning ikki molekula
suvli tabiiy gips bilan aralashishidan tashkil topgan bir-biriga o‘xshash jinsdir.
Faqatgina farqi shundaki,
ganch tabiatda tosh holatida, arzik esa tuproq holatida bo‘ladi.
Hozir respublikada umumiy hajmi 12 mln tonnaga yaqin 25 xil gipsbop xomashyo zaxiralari topilganligi
ma’lum.
O‘rta Osiyoda ko‘p tarqalgan ganch havoyi bog‘lovchi modda bo‘lib, u oddiy qurilish gipsidan tarkibidagi
tuproqning ko‘pligi (20—40% gacha) bilan farq qiladi. Ganch ham qurilish gipsi singari 170-180°C haroratda
pishirib olinadi, ya’ni undagi ikki molekula suvli gips yarim molekulali holatga keltiriladi.
Bunda gipsning miqdori qanchalik ortsa, ganch shunchalik yuqori sifatli bo‘ladi.
Hozir respublikada
to‘rtta korxona ganch ishlab chiqarmoqda.