Portlandsement xossalarini o‘zgartirish,
shuningdek, uning tannarxini kamaytirish maqsadida klinkerga
faol — gidravlik va inert mineral qo‘shilmalar qo‘shiladi.
Portlandsement klinkeri o‘lchamlari 10—20 mm dan 50—60 mm gacha mayda va yirik donalar
ko‘rinishida olinadi.
Klinkerning kimyoviy tarkibi katta oraliqda o‘zgarib turadi. Portlandsementning klinkerini ishlab chiqarish
uchun xomashyo sifatida gil (30%) va ohaktosh jinslar (65—70%) ishlatiladi.
Hozirgi kunda portlandsementning quyidagi asosiy turlari ishlab chiqariladi:
— tarkibida 30—70% donador domna toshqoli bo‘lgan toshqol portlandsement;
— tarkibida 20—45% putssolan qo‘shilmasi bo‘lgan
putssolan portlandsement;
— tez qotuvchan portlandsement;
— plastik va gidrofob portlandsement;
— tarkibida ko‘pi bilan 50% C
3
S va 5% C
3
A bo‘lgan sulfatga chidamli portlandsement;
— o‘rtacha
ekzotermiyali portlandsement;
— oq va rangli portlandsementlar.
PORTLANDSEMENTNI ISHLAB CHIQARISH
TEXNOLOGIYASI
Portlandsement klinkeri ishlab chiqarishda xomashyo sifatida tarkibida kalsiy karbonat ko‘p bo‘lgan
karbonat tog‘ jinslari va tarkibida kremniy, aluminiy hamda temir oksidlari bo‘lgan gillar, shuningdek, gil va
kalsiy karbonatning tabiiy aralashmalari (mergellar) ishlatiladi.
Kalsiy karbonat jinslar tabiatda ohaktosh, bo‘r, ohaktosh-tuf, ohaktosh-chig‘anoq
va marmar holida
uchraydi.
Portlandsement klinkeri ishlab chiqarishda quyidagi asosiy texnologik bosqichlar bajariladi:
— ohaktosh va gil qazib olish;
— xomashyolarni tayyorlash;
— yoqilg‘ini tayyorlash;
— xomashyolarni kuydirish;
— klinkerni qo‘shilmalar bilan birga tuyish;
— portlandsementni omborga joylash.
Xomashyolar suv ishtirokida tayyorlansa, portlandsement ishlab chiqarish «ho‘l»
usul deb, quruqligicha
tayyorlansa «quruq» usul deb ataladi. Qaysi usulni tanlash texnologik va texnik-iqtisodiy xarakterdagi bir
qator omillarga bog‘liq. Garchi texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar jihatidan quruq usul afzalroq bo‘lsa ham,
hozirgi vaqtda bir qator mamlakatlarda, shuningdek, Rossiya va AQSh da ho‘l usul keng tarqalgan. Quruq usul
Yaponiya, Germaniya va Italiyada keng tarqalgan. Hozirgi kunda mamlakatimizda quruq usulni ko‘proq
qo‘llash masalasi ko‘rib chiqilmoqda.
O‘rta Osiyoda birinchi marotaba «quruq usul» deb ataladigan texnologiya asosida Navoiy shahrida sement
ishlab chiqaruvchi zavod ishga tushirildi. Bunda xomashyoni kuydirish uchun sarflanadigan yonilg‘ining 30—
35% i tejaladi. Bu usul yordamida olib boriladigan ish jarayonida ko‘p chang ajralib chiqqanligi uchun uzoq
vaqt qo‘llanmay kelindi. Haqiqatan ham sement changi uzoq masofadagi
havoni ifloslantirib, atrof muhitga
ma’lum darajada zarar keltiradi. Yangi korxonada xomashyoni kuydirishga tayyorlovchi ulkan (balandligi 20
qavatli binoga teng) siklonli issiq almashtirgichlar o‘rnatilgan. Ular qo‘shimcha chang tozalash moslamalari
bilan birgalikda havoni ham tozalaydi. Bu korxonada ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish va
avtomatlashtirishning yuqori darajasi yo‘lga qo‘yilgan. Hozirgi zavodlarda ishlab turgan eng yirik aylanuvchi
xumdonlarning diametridan 1,5-2 barobar katta — 7 metr diametrli va uzunligi 95 metr bo‘lgan o‘choqlar ilk
bor o‘rnatildi.
Sementni «quruq» usulda ishlab chiqarish Germaniyada 90%, Yaponiyada 78%, Chexiyada 64%,
Vengriyada 55%, Bolgariyada 45%, Amerikada 42% ni tashkil etadi. Bu usulga mo‘ljallab qurilgan zavodlar
so‘zsiz katta iqtisodiy samara beradi.
Ohaktoshlarning yirik bo‘laklari 100-200 mm o‘lchamda, jag‘li maydalagichlarda bir marta maydalab
olinadi.
Xomashyo ikkinchi safar odatda, bolg‘ali va konus maydalagichlarda 10—30 mm o‘lchamgacha,
so‘ng oxirgi marta suyuq loy bilan zoldirli tegirmonlarda maydalanadi.
Ohaktosh bilan gil birga maydalanishi tufayli tarkibiga kiradigan ashyolar juda yaxshi aralashadi.
Suyuq loy quyqasi — shlamning (suyuq ohaktosh va loy aralashmasi) namligi 34—40% ga teng.
Xomashyo aralashmasini tayyorlashga ohaktosh, gil va qo‘shilmalarni maydalash, tarozda tortish,
birgalikda komponentlarni mayin qilib
kukunlash va aralashtirish, hosil bo‘lgan aralashma tarkibini moslash
va uni saqlash kabi bosqichlar kiradi.
1 t portlandsement tayyorlash uchun 2,5—3 t xomashyo, ko‘mir va klinkerni maydalash kerak. Shu ishlarni
bajarishga sement ishlab chiqarish uchun sarflanadigan elektr energiyasining 60—80% i sarf bo‘ladi.
O‘choq 3 xil tezlikda, ya’ni 1 daqiqada 0,5, 0,75 va 1 marta aylanishi mumkin. O‘choq qiya o‘rnatilgani
uchun u aylanganida ashyo baraban ichida pastga surilib tushadi. Aylanma o‘choqning uzunligi 185 m va
diametri 5 m ga teng. Kuydiriladigan ashyo yuqori haroratdagi olovga qarshi tomon harakat qiladi. Natijada,
tashqi havo haroratiga suyuq shlam asta-sekin erib, qovushib, pishish haroratigacha (1450°C) qiziydi. Qisman
erib
qovushib pishayotgan klinker, ayniqsa, o‘choqning aylanma harakati tufayli hosil bo‘lgan klinkerning
dumaloq donalari borgan sari zichlashib yuqori mustahkamlikka ega bo‘la boshlaydi. So‘ngra shu usulda hosil
bo‘lgan klinkerning dumaloq donalari o‘choq oxiridagi sovuq havo oqimiga duch kelib, qotib qoladi.
Umuman, portlandsement ishlab chiqarish texnologiyasida tuyish eng ko‘p energiya sarflanadigan
bosqichlardan biri hisoblanadi. Tuyilgan sementlarning solishtirma yuzasi 300—350 m
2
/kg va 400-450 m
2
/kg
ga teng. Sement kukuni zarrachasining o‘lchamlari asosan 5—10 mkm dan 30—40 mkm gacha bo‘ladi.
Sementlarning solishtirma yuzasi ortgan sari uning mustahkamligi
va qotish tezligi ortadi, chunki
zarrachalarning faol sathi o‘sadi.