• Oq rangli pardozbop sementlar.
  • SEMENTNING ASOSIY XOSSALARI




    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet87/168
    Sana19.12.2023
    Hajmi1,14 Mb.
    #124022
    1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   168
    Bog'liq
    Pardozbop qurilish ashyolari. Qisimov E. 2005

    SEMENTNING ASOSIY XOSSALARI 
    Sement toshi havoda qotayotganda, odatda hajmi kichrayadi, ya’ni kirishadi, suvda qotayotganda esa bir oz 
    ortadi, ya’ni shishadi (kengayadi). Sement toshi juda ko‘p kirishishi (kichrayishi) va shishishi (kengayishi) 
    mumkin. U 1 oy davomida qotganda 0,5-0,6% ga kengayishi yoki kirishishi mumkin (ya’ni 1 metrda 1,5-6 mm 
    kirishadi yoki kengayadi). Oqibatda, sement toshiga qaraganda beton bir necha barobar kam kirishsa yoki 
    kengaysa ham yaxlit beton konstruksiyalarda darz ketishi mumkin. 
    Qotishning dastlabki davrlardagi kirishishi yoki kengayishi bir oylik jarayonning 60—70% igacha yetadi. 
    Portlandsement 300, 400, 500 va 600 markalarda ishlab chiqariladi. Portlandsementdan tayyorlangan beton 
    3 kun davomida qotgandan so‘ng uning mustahkamligi shu marka uchun belgilangan 28 kunlik 
    mustahkamlikning yarmiga yetadi, mustahkamlikning qolgan yarmiga esa 25 kundan keyin erishiladi. 
    Beton konstruksiyalari tayyorlaydigan qolipga qulay joylanuvchan beton qorishmalar tayyorlash uchun 
    odatda sement og‘irligining kamida 28—30% miqdoriga suv kerak bo‘ladi. Suvi kam betonbop qorishmani 
    qolipga joylash qiyin. Bunday qorishma kam yoyiluvchan, plastik bo‘lmaydi va uni zichlash juda qiyin. 
    Shunday qilib, sement xamirida hamma vaqt ortiqcha suv bo‘ladi. Bu suv bug‘langandan keyin sement 
    toshida g‘ovak va bo‘shliqlar hosil bo‘ladi, mustahkamligi kamayadi. 
    Oq rangli pardozbop sementlar. Toza ohaktosh, kvars qumi va kaolinni pishirib pardozbop oq sement 
    olinadi. Oq sement aylanma xumdonlarda kul qoldirmaydi, toza yoqilg‘i bilan kuydiriladi va hosil bo‘lgan 
    klinkerdagi temir oksidi butunlay yo‘qotiladi. Bu yerda oq sement klinkeri 800—1000°C haroratli generator 
    gazi alangasida 3-4 daqiqa pishiriladi va kislorodsiz muhitda sovitiladi. Oppoqlik darajasi fotometr yordamida 
    aniqlanadi. Bunda, bariy sulfat oppoqlik etaloni bo‘lib xizmat qiladi. 
    Oq pardozbop portlandsement klinkeri bilan mineral bo‘yoqlarni (pigment) birga qo‘shib tuyish yo‘li bilan 
    rangli sementlar olinadi. Jumladan, oxra, temir surigi, marganes rudasi, ultramarin va hokazolarni qo‘shish 
    mumkin. Oq va rangli sementlar pardoz suvoqlari uchun, koshinlash plitalari hamda me’moriy buyum 
    tayyorlash uchun ishlatiladi. 
    Zavod sharoitida yirik panellarni pardozlash ishlarida pardoz sopoli o‘rniga rangdor sementlarni ishlatish 
    mahsulotni yuqori sifatli qilish, vaqtni tejash va xarajatlarni kamaytirish imkoniyatini beradi. Bunday 
    sementlar devorlarning ichki va tashqi sirtlarini pardozlashda, marmar singari buyumlar tayyorlashda, haykal-
    taroshlikda va oqlash, bo‘yash kabi ishlarda keng ishlatiladi. Rangli sementlar 300, 400 va 500 markalarda 
    chiqariladi. 

    Download 1,14 Mb.
    1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   168




    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish