SEMENTNI KUYDIRMAY OLISH TEXNOLOGIYASI




Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/168
Sana19.12.2023
Hajmi1,14 Mb.
#124022
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   168
Bog'liq
Pardozbop qurilish ashyolari. Qisimov E. 2005

SEMENTNI KUYDIRMAY OLISH TEXNOLOGIYASI 
Ma’lumki, sement olish juda murakkab, katta miqdorda issiqlik energiyasi talab etuvchi (1300—1450°C), 
qimmatbaho asbob-uskunalar kerak bo‘ladi. Bu borada, og‘ir sanoat chiqindilari asosida kuydirilmay 
olinadigan gidravlik bog‘lovchilar o‘z texnologiyasining soddaligi, juda arzon, ekologik muammolarni hal 
etishda katta ahamiyatga egaligi bilan ajralib turadi. Ularning tarkibida tuyilgan toshqol, qo‘shilma va natriy 
yoki temir ishqorli eritmalarni o‘zaro birikishidan hosil bo‘lgan modda bor. Ishqorli bog‘lovchini ilk bor Kiyev 
Qurilish muhandislari instituti olimlari (V.D. Gluxovskiy rahbarligida) ixtiro etganlar. 
O‘rta Osiyo xomashyolari asosida ishqorli sement ishlab chiqarish texnologiyasini ilk bor prof. 
E. Qosimov, prof. A. To‘laganov, prof. A. Aliyev, dots. U. Gaziyev va boshqalar ilmiy-amaliy tomondan 
asoslab berdilar. Ushbu yo‘nalish bo‘yicha A. Aliyev va A. To‘laganov texnika fanlari doktori ilmiy darajasini 
olish uchun dissertatsiya yoqladilar. Kuydirmay olinadigan ishqorli sement boshqa sementlardan afzalligi, bu 
uning zararli muhitga chidamliligi va mustahkamligidir. Uni olish texnologiyasi juda oddiy. Buning uchun 
fosfor toshqoli, po‘lat toshqoli, gliyej, sodasulfat aralashmasi yoki kaliy va natriy ishqorli chiqindilar 5—6% 
namlikda tuyiladi, tayyor sement maxsus siloslarga joylanadi. Kuydirilmay olinadigan ishqorli sementni 200 
dan 1300 markalarda ishlab chiqarish mumkin. 
Sinov savollari 
1. Bog‘lovchi moddalar nima, ularning mineralogik hamda kimyoviy tarkiblarini bilasizmi? 
2. Havoyi bog‘lovchilarning xillari va ishlatilishini izohlang. 
3. Portlandsement nima, uning xillari va xossalarini bilasizmi? 
4. O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan havoyi bog‘lovchi moddalarning xillari, xomashyo zaxiralari to‘g‘risida bayon 
bering. 
5. Respublikamiz viloyatlarida joylashgan bog‘lovchi moddalar ishlab chiqaruvchi korxonalarni bilasizmi? 

Download 1,14 Mb.
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   168




Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish