|
Qurilish gipsining xossalariBog'liq Pardozbop qurilish ashyolari. Qisimov E. 2005Qurilish gipsining xossalari. Gips suv bilan qorishtirilgandan keyin, u tezda quyuqlashib qotadi.
Gipsning qotish jarayonida uning hajmi taxminan 1% kengayadi. Bu undan me’morchilik buyumlari
tayyorlashda, yoriqlarni berkitishda va boshqa maqsadlarda ishlatishga qulaylik tug‘diradi. Davlat
standartlarida ko‘rsatilishicha, qurilish gipsi quyuqlanishining boshlanishi 4 daqiqadan keyin, oxiri esa 6
daqiqadan 30 daqiqagacha bo‘lishi kerak.
Gipsning quyuqlanish davrini uzaytirish uchun unga maxsus susaytiruvchilar qo‘shiladi. Kolloid eritma
hosil qiluvchi yarim suvli gipsning (zichligi 2,5—2,8 g/sm
3
uyum tarzidagi hajmiy og‘irligi 800—1100
kg/sm
3
) erish tezligini susaytiruvchi va natijada ikki molekula suvli gipsning kristallanishini sekinlashtiruvchi
ashyolari sifatida suyak yelimi, kazein, jelatin, glitserin, magniy, kalsiy tuzlari ishlatiladi. Gipsning
quyuqlanish davrini uzaytirish uchun 60°C gacha isitilgan suv ham ishlatish mumkin.
Suv ta’sir etuvchi inshootlarda qurilish gipsini ishlatish mumkin emas. Ammo, yog‘ingarchilik va muttasil
ta’sir etuvchi namlikdan xoli bo‘lgan joylarda ishlatilgan gips qoniqarli chidamlikka ega bo‘ladi.
Nam muhitda bo‘lgan gips buyumlar o‘z mustahkamligini 50% gacha kamaytiradi. Suvga chidamlilik
xususiyatini oshirish uchun gipsdan tayyorlangan buyum va qismlar suv ta’sir etmaydigan moddalar bilan
shimdiriladi. Ularning sirti bo‘yaladi yoki gipsga so‘nmagan ohak, sement va tosh uni, kul yoki tuyilgan
domna toshqoli kabi moddalar qo‘shiladi.
Qurilish gipsi yanada ko‘proq tuyilsa, juda mayin va tez quyuqlanuvchan qolipbop gips hosil bo‘ladi.
Qurilish gipsi sifatiga ko‘ra 3 navga bo‘linadi. Qurilish va qolipbop gips uchun texnik shartlar 6.1-jadvalda
berilgan.
6.1-jadval
Qurilish va qolipbop gips uchun texnik shartlar
|
| |