• O‘ZBEKISTON SHISHA ASHYOLARI
  • SHISHASIMON CHIQINDILARNING




    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet79/168
    Sana19.12.2023
    Hajmi1,14 Mb.
    #124022
    1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   168
    Bog'liq
    Pardozbop qurilish ashyolari. Qisimov E. 2005

    SHISHASIMON CHIQINDILARNING 
    ISHLATILISHI 
    Xalq xo‘jaligida va shisha ishlab chiqaruvchi korxonalarda juda ko‘p miqdorda shishasimon chiqindilar 
    chiqadi. Ayrim davlatlarda umumiy chiqindilarning 25—35% ini shisha chiqindilari tashkil etadi. Shisha 
    chiqindilarni markazlashgan va ixtisoslashgan holatda yig‘ish atrof muhitni muhofaza qilishda hamda ekologik 
    muammolarni hal etishda katta ahamiyatga ega. Ayniqsa, qimmatbaho shisha chiqindilari asosiy xomashyoni 
    tejashda, qurilishda shishasimon ashyolarga bo‘lgan ehtiyojni qondirishda katta samara beradi. Ayrim xorijiy 
    davlatlarda shisha ishlab chiqarishga ketadigan xomashyoning 90% ini shisha chiqindilari tashkil etadi. 
    Masalan, AQSh va Kanadada 30 ga yaqin tajriba uchun qurilayotgan avtomagistral yo‘llarda ishlatiladigan 
    to‘ldirgichlarning 50% ini shisha siniqlari tashkil etadi. Bunday qo‘shilma yo‘lning chidamliligini oshiradi. 
    Shisha chiqindilaridan shishasimon pardozbop ashyolar, yo‘l qurilishida ishlatiladigan quyma shisha 
    buyumlari hamda to‘ldirgichbop ko‘pik shisha donalari ishlab chiqarish katta samara beradi. Avtoklav silikat 
    buyumlari ishlab chiqarishda shisha siniqlaridan olingan qumni kremnezem o‘rniga ishlatish mumkin. Tog‘ 
    jinslarini qazib olishda va ularni qayta ishlashda qoladigan chiqindilardan har xil qurilish ashyolari olish
    kelajakda bajariladigan muhim va samarali yo‘nalishdir.
    Tabiiy tosh chiqindilaridan quyma toshlar ishlab chiqarish va ulardan oqilona foydalanish xalq 
    xo‘jaligining eng samarali yo‘nalishlaridan biridir. 
    O‘ZBEKISTON SHISHA ASHYOLARI 
    Respublikamiz mustaqillika erishgandan so‘ng xalq xo‘jaligini bozor munosabatlari sharoitida 
    rivojlantirishga doir chiqqan bir qator qaror va farmonlar respublikamiz shisha ishlab chiqarish sanoatiga 
    bo‘lgan e’tiborini kuchaytirdi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1997-yil 277 va 1998-yil 375-
    qarorlarida qurilish ashyolarini ishlab chiqarishni takomillashtirishga doir tadbirlar ishlab chiqildi. 
    Hozir respublikamizda «O‘zqurilishashyo» aksiyadorlik uyushmasiga, asosan ikkita eng yirik shisha ishlab 
    chiqarish korxonalari «Kvars» va «G‘azalkentoyna» korxonalari kiradi. Bundan tashqari quvvati 3,5 mln m
    2


    taxta oyna ishlab chiqaradigan Chirchiq shisha zavodi (hozir G‘azalkentoyna AU) 5,4 mln m
    2
    oyna 
    chiqaradigan «Quvasoyshisha» ishlab chiqarish birlashmasi va Chimboy shisha zavodlari respublikamiz 
    qurilish industriyasiga shisha mahsulotlarini yetkazib bermoqdalar. 
    Shisha ashyolari chiqaradigan «Kvars» AU 1974-yilda tashkil topgan. Ushbu korxona 1996-yili qayta 
    qurildi va hozirgi kunda shisha eritmasini yotiq usulda so‘rib ishlanadigan, yuzasi silliqlangan yuqori sifatli 
    tekis taxta oyna ishlab chiqarmoqda. 
    Ochiq turdagi «Kvars» AU dagi korxonalar quvvati shartli ravishda 319 mln m
    2
    shisha buyumlari ishlab 
    chiqarish imkoniyatiga ega. Shulardan 10 mln m
    2
    ni qurilish uchun zarur bo‘lgan (qalinligi 3—12 mm) taxta 
    oynalari tashkil etadi. 
    «Kvars» shisha korxonalari asosan yiliga 309 mln dona shisha idishlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. 
    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Kvars» AU ga qarashli korxonalarni zamonaviy 
    texnologiya asosida arxitektura-qurilish oyna buyumlari ishlab chiqarishga aylantirish zarurligi to‘g‘risida 
    1998-yilda 431-qarori chiqdi. Ushbu qarorga ko‘ra taxta oynalarni kesish, joylash va lazer nurlari bilan shisha 
    sifatini nazorat qilib turuvchi asbob-uskunalarni 32.4 mln DM ga sotib olish shartnomasi Italiyaning «Tekint» 
    firmasi bilan imzolandi. Shuningdek, «Kvars» korxonalarining maxsus ixtisoslashgan maydonlarida yiliga 650 
    tonna yuqori haroratga chidamli shamot g‘ishtlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. 
    Respublikamizda qurilayotgan Qo‘ng‘irot soda zavodi, «Mayskiy» zaxiralaridagi kvars qumini olish va 
    qayta ishlash fabrikasi ishga tushsa, shisha sanoatimizning 92% i mahalliy xomashyolar bilan ta’minlanadi. 
    Shisha sanoatimizning rivojlanishi uchun barcha imkoniyatlarni hisoblab oldindan ishlangan rejaga ko‘ra 
    qurilish shisha ishlab chiqarish korxonalarining quvvati talabga ko‘ra quyidagi miqdorda chiqaziladi: 
    «G‘azalkentoyna» AU korxonalarida shisha mahsulotlarini ishlab chiqarish quvvati qurilishbop taxta 
    oyna — 3 mln 300 ming m
    2
    , shisha tolali o‘ram — 176 ming m
    3
    va eruvchan shisha 30 ming tonnani tashkil 
    etadi.
    Sinov savollari 
    1. Shisha nima va qanday xomashyolardan olinadi? 
    2. Shisha ishlab chiqarishning umumiy texnologiyasi va fizik-mexanik xossalari haqida izoh bering. 
    3. Issiqlikni saqlovchi yengil shisha, shishasimon ashyolar va buyumlar to‘g‘risida nimalarni bilasiz? 
    4. Pardozbop shisha ashyolar nima? 
    5. Inson organizmiga foydali nurlarni o‘tkazuvchi va zararli nurlarni yutuvchi shisha ashyolar. 
    6. Tabiiy tosh va toshqoldan olinadigan shishasimon ashyolarni izohlang. 
    7. Shisha chiqindilaridan qanday ashyolar olinadi? 
    8. O‘zbekistonda shisha ishlab chiqarish. 

    Download 1,14 Mb.
    1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   168




    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish