Shisha bo‘tqasini quyma yoki prokat usulda zichlab olingan yaltiroqmas
smalta deb ataluvchi rangli oyna
siniqlaridan badiiy panno, kompozitsiyalar va me’moriy qoplama buyumlar ishlanadi. Siniq shisha xillari 200
ga yaqin ranglarda bo‘lishi mumkin. Smalta bo‘laklarining o‘lchami 20 mm dan oshmaydi.
Pardozbop shisha uvoqlari har xil rangli shisha bo‘laklarni 0,4 dan 10 mm gacha yiriklikda maydalab
olinadi. Keyin, binolarning tashqi devorlari rangli sement qorishmalari asosida suvoq qilinadi.
Granit, marmar tasvirini beruvchi
shisha kristall ashyoni sigran deb ataladi. Mayda kristall zarrachali
tabiiy kvarsit (avantyurin), xrom oksidi qo‘shilgan temir toshqoli va shishabop mineral xomashyo
aralashmalaridan tashkil topgan tarkibni eritib sigranning boshqa xillari olinadi. Bunday shisha bo‘tqasi sopol
taxtachalar olishda glazur sifatida ishlatiladi. Sigran, bino va inshootlarning ichki
va quyosh nuri tushadigan
tashqi devorlarni qoplashda, hamda pardozbop ashyolar sifatida ishlatiladi.
Vitraj. Me’morchilikda bezakbop rangli shishalarni ishlatish qadimiy bino va inshootlar qurilishidan
ma’lum. Mozaikali bezaklar devor va shiplarda ko‘p qo‘llanilgan. Bunda qaytaruvchi oynalar ham
ishlatilgan. Qaytaruvchi oynalar birinchi bo‘lib Venetsiyada XIV asrda paydo bo‘lgan.
Rangli shishalarni ishlatishda asosiy o‘rinni bezakbop vitrajlar egallagan.
Vitrajlar yelimlangan rasm
fragmentlaridan tashkil topadi. O‘rta Osiyoda rangli vitrajlarning qo‘llanishi qadimdan ma’lum. Mutaxassislar
bir qancha namunaviy, ko‘ngilni ko‘taruvchi va tinchlantiruvchi vitrajlarni yaratganlar.
Hozirgi kunda vitrajlarning yangi turlari temir-beton va polimer temir-betonlar bilan birgalikda
tayyorlanmoqda. Zamonaviy vitrajlarda rangli plitalar va shisha bloklar ko‘plab ishlatilmoqda. Quruvchilarda
katta o‘lchamdagi taxta oynadan tayyorlangan armaturali, yelimlangan va bezak
usulidagi vitrajlar katta
qiziqish uyg‘otadi. Bulardan eng ko‘p tarqalgani yelimlangan ko‘p qavatli shisha konstruksiyalar hisoblanadi.
Shisha ashyolari guruhiga kiruvchi, tarkibida kremnezem va ishqorli temir oksidi bo‘lgan shishasimon
eritmaning qotgan holati
eruvchan shisha deb ataladi. Oddiy shishadan farqi, natriyli yoki kaliyli erituvchan
shisha suvda eriydi va yelimli suyuq shishaga aylanadi. Suyuq shisha qurilish ashyolari ishlab chiqarishda va
qurilish ishlarida keng ishlatiladi. Silikat
va boshqa sementlarga nisbatan, suyuq shishani yelimlash
(bog‘lovchi) qobiliyati 3—5 barobar yuqoridir. Suyuq shisha qalin qog‘oz, yog‘och, silikat ashyolarini,
konstruksiya qismlarini hamda shishani temir bilan yelimlashda ishlatiladi. Kuydirmay
olinadigan ishqorli-
toshqol sementlarga suyuq shisha qo‘shib mustahkamligi 1200 MPa gacha bog‘lovchi olish mumkin. Tashqi
va ichki devorlarni pardozlashda ishlatiladigan silikat bo‘yoqlar olishda erituvchan shisha asosiy xomashyo
vazifasini o‘taydi. Yog‘och va maxsus gazlamalarni o‘tga chidamli qilish uchun ular suyuq shisha bilan qayta
ishlanadi. Bino va inshootlarning poydevor hamda hovuz asoslarini puxtalashda,
tonnel va boshqa yer osti
qurilmalarni sho‘r suvlardan saqlashda ham eruvchan shisha ishlatiladi.