Issiq nurlarni qaytaruvchi taxta oyna




Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/168
Sana19.12.2023
Hajmi1,14 Mb.
#124022
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   168
Bog'liq
Pardozbop qurilish ashyolari. Qisimov E. 2005

Issiq nurlarni qaytaruvchi taxta oyna yuzasiga qalinligi 0,3—1 mkm ga teng bo‘lgan temir oksidi yoki 
yupqa pardalar bilan qoplanadi. Bunday oynali romlar bilan to‘silgan bino va inshoot xonalariga tushadigan 
quyosh nurini 30—70% qaytariladi. Bu esa Markaziy Osiyo hududiga xos quriq-issiq muhit uchun katta 
ahamiyatga ega. Nur qaytaruvchi oynalarning tashqi yuzasi har xil ranglarda bo‘lishi mumkin. Taxta oynalar 
sirtiga qoplanadigan temir yoki oksidlarni rangi sariq, tilla va havoranglarda bo‘lishi mumkin. Xona ichiga 
o‘tadigan quyosh nuri o‘zini tabiiylik xususiyatlarini yo‘qotmaydi. Hozirgi vaqtda shisha buyumlar yuzasini 
(taxta derazabop oyna, avtomashina oynalari va h.k.) turli ranglar bilan vakuum ostida qoliplash keng 
tarqalgan. 
Bino va inshootlarning xonalarini quyosh nuridan himoyalashda infraqizil spektrni qaytaruvchi oynalardan 
foydalaniladi. Bunday oynalar quyosh nurining 30% ini qaytaradi. Agar oyna yuzasini temir oksidi bilan 
qoplansa, unda issiqlikni qaytaruvchi oyna olish mumkin bo‘ladi. Bunday pardani hosil qilish uchun oltin
kumush, aluminiy, nikel, xrom va misni katodli sepish usulidan foydalaniladi. Ulardan issiqlikni eng samarali 
qaytaradigani qalinligi 0,1—0,2 mkm bo‘lgan oltin oksidli parda bilan qoplangan oyna hisoblanadi.
Hozirgi kunda polimer asosdagi qaytaruvchi pardalar yaratilmoqda. Ularni 20—40 mkm qalinlikda 3 
qatlam qilib sepish va orasiga yarim yaltiroq aluminiy oksidi pardasini sepish oynaning nur o‘tkazuvchanligini 
17 dan 37 % gacha va issiqlikni qaytaruvchanligini 38 dan 60% gacha oshiradi.
Taxta oyna yuzasining rangi bir tekis bo‘lgunga qadar (tanirovka) temir oksidi ionlari sepiladi. Qoplama 
ashyolar sifatida juda yupqa oltin va mis, nikel-xrom (kumushrang) hamda platina kabi oksidlar ishlatiladi. 
Nur qaytaruvchi oynalar quyosh nurida deyarli isimaydi. Chunki, bunday oynalar infra qizil nurlarning bir 
qismini (41% ni) yutadi, qolganini esa xonaga o‘tkazadi. Shuningdek, sovuq ob-havoda xonadagi issiqlikni 
saqlash xususiyatiga ega. 

Download 1,14 Mb.
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   168




Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish