• Uch qatlamli taxta oyna.
  • Oyna taxta orasida havo qatlami
  • E qosimov, M. Akbarov




    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet70/168
    Sana19.12.2023
    Hajmi1,14 Mb.
    #124022
    1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   168
    Bog'liq
    Pardozbop qurilish ashyolari. Qisimov E. 2005

    beruvchi qolip bosiladi. Natijada, oyna yuzasida uch yoki olti burchakli hajmiy bo‘rtib chiqqan bezak hosil 
    bo‘ladi. Bezak oyna rangli va rangsiz xillarda chiqariladi. Buning uchun shisha xomashyoga rang beruvchi 
    minerallar solinadi yoki taxta oyna yuzasiga temir oksidli bezakli pardalar yopishtiriladi. Shuningdek, laylak, 
    qor parchalari kabi bezak beruvchi shtamplar bosiladi. Taxta oynalar yuzasiga diametri 0,45—0,60 mm li 
    simdan ishlangan to‘r shisha bo‘tqaga uning sovishi oldidan, qizdirilgan holatda botiriladi va ikkinchi qatlam 
    shisha yotqiziladi. Simli to‘rning tomonlari 12,5 va 25 mm li olti burchakli shaklda ishlanadi. Simli taxta 
    oynalar mustahkam va o‘tga chidamli bo‘lishi kerak. Nur o‘tkazuvchanligi 65-75% dan kam bo‘lmasligi zarur. 
    Bu usulda shisha eritmasi maxsus qozondagi prokat eniga mos qolipga quyiladi va kerakli qalinlikka
    keltirish maqsadida eritma shisha lentaning pastki va ustki sirtiga o‘rnatilgan ikki g‘ildirak orasidan 
    o‘tkaziladi. Shisha lenta maxsus aylanib turadigan g‘o‘lachalar — rolganglarda sovitiladi, sirti silliqlanadi, 
    so‘ngra kerakli o‘lchamlarda kesib yashiklarga solinadi. 
    Uch qatlamli taxta oyna. Singanda ham bo‘laklarga bo‘linmaydigan, tripleks deb ataluvchi uch qatlamli 
    oyna ikkita yaltiroq taxta oynani o‘zaro organik yelim bilan yopishtirib tayyorlanadi. Bunday oyna 
    avtomashina va samolyot deraza ko‘zlariga solishda, yuqori bosimda ishlovchi asbob-uskunalar tayyorlashda 
    keng ishlatiladi. Agar uch qatlamli oynaga zarb bilan urilsa, unda ko‘ndalang yoki tartibsiz darzlar hosil 
    bo‘ladi, ammo ikki qatlam orasidagi yelim oyna siniqlarini ushlab, uni bo‘laklarga bo‘linib ketishdan saqlab 
    qoladi. 
    Tripleks taxta oyna eni 125 dan 525 mm gacha; uzunligi 250 dan 1200 mm gacha o‘lchamda ishlab 
    chiqariladi. 
    Oyna taxta orasida havo qatlami bo‘lgan paket oyna qurilishda ikki qavat deraza romlari o‘rnida 
    ishlatiladi. Ikki taxta oyna orasidagi havo qatlami issiqlik o‘tkazuvchanlikni kamaytiradi (5.3-rasm). 
    Shisha buyumlarning mustahkamligini oshirish va singan taqdirda bo‘laklarga sachramasligini ta’minlash 
    uchun po‘lat sim to‘r bilan armaturalanadi. Bu xil oyna yorug‘lik tushadigan fonarlar, oyna to‘siqlarga, sanoat 
    binolari derazalari, zina katagi to‘siqlari va shu kabilarda foydalaniladi. 
    Shisha sanoatida shakli va o‘lchamlari jihatidan asbest-sement shiferlariga o‘xshash tombop to‘lqinsimon 
    taxta oynalar ishlab chiqariladi. Uning armaturalangan xili yorug‘lik tushib turadigan yaltiroq sifatida tom 
    yopishda ishlatiladi. 
    O‘ta mustahkam taxta oynaning egilishga mustahkamligi oddiy oynalarnikiga nisbatan 5—8 marta katta 
    bo‘ladi. Qalinligi 5 mm dan katta bo‘lgan o‘ta mustahkam taxta oynaning zarbga qarshiligini sinash uchun 
    uning sirtiga 1200 mm balandlikdan 800 g og‘irlikdagi po‘lat shar erkin holda tashlanadi. Bunda taxta oynada 
    darz yoki sinish alomatlari bo‘lmasligi kerak. O‘ta mustahkam oyna yaxlit do‘kon eshiklarini ishlashda, zarbga 
    duch kelishi mumkin bo‘lgan derazalarga solishda keng ishlatiladi. 


    Qurilishda bezakbop termolyuks — turli rangdagi (havorang, yashil, qizil, oltinrang va h.k.) ikkita taxta 
    oynadan tashkil topgan paketlar ko‘plab ishlatilmoqda. Ular tovushni izolyatsiyalash xususiyatiga ega bo‘ladi. 
    Bezakbop oyna paketlarning qalinligi 5,5 mm bo‘lsa, ularning tovushni izolyatsiyalash xususiyati 35 dB gacha 
    yetadi. Bunday xususiyatlar asosan ko‘cha yuzidagi derazalarda katta ahamiyatga ega, chunki ko‘chadagi 
    shovqin kunduz kuni 100 dB, kechasi esa 50 dB gacha bo‘lishi mumkin. Bunday oyna taxtalardan tashkil 
    topgan paketlarning asosiy xususiyatlari 5.1-jadvalda keltirilgan. 
    5.1-jadval 

    Download 1,14 Mb.
    1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   168




    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish