Oyna taxtalardan tashkil topgan paketlarning




Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/168
Sana19.12.2023
Hajmi1,14 Mb.
#124022
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   168
Bog'liq
Pardozbop qurilish ashyolari. Qisimov E. 2005

Oyna taxtalardan tashkil topgan paketlarning 
asosiy xususiyatlari 
 
 
Ko‘pik-shisha. Ko‘pik-shisha yengil va serg‘ovakdir. Undagi bir tartibda joylashgan yumaloq 
kovakchalarning diametri 0,1—0,6 mm bo‘lib, ular o‘zaro yupqa shisha devor bilan ajralgan. 
Ko‘pik-shisha olish uchun sanoatda chiqadigan shisha chiqindilarini yahshi tuyib, unga gaz hosil qiluvchi 
qo‘shilmalar (koks, ohaktosh, marmar va boshqalar) qo‘shiladi, keyin uni 700—900°C da eritib, qolipga
quyiladi. Suyuqlik holatiga o‘tayotgan shisha eritmasida qo‘shilmalar gaz hosil qiladi va qotish jarayonida 
buyumda mayda kovakchalar paydo bo‘ladi. Bu esa buyumning zichligini, issiqlik o‘tkazuvchanligini 
kamaytiradi. 
Ko‘pik-shishaning g‘ovakligi 85—95%, zichligini 200 dan 400 kg/m
3
gacha, issiqlik o‘tkazuvchanlik 
koeffitsienti 0,08 dan 0,12 Vt/m grad gacha, siqilishdagi mustahkamligi esa 0,5—12,5 MPa gacha bo‘ladi.
Ko‘pik-shishadan o‘lchamlari 1000

500

125 mm yoki 500

500

125 mm li blok va plitalar tayyorlanadi. 
Ko‘pik-shishani oson arralash, kesish yoki parmalash mumkin. Undan tayyorlangan buyum sovuqqa hamda 
kimyoviy eritmalar ta’siriga chidamli bo‘ladi. 
Ko‘pik-shisha qurilishda ko‘p qatlamli temir-beton panellarda, temir-beton, g‘isht va yog‘och taxta 
devorlarda, pollar va qavatlararo plitalarda isitgich qatlam sifatida ishlatiladi. Sirti 400°C gacha qiziydigan 
uskuna va quvurlarni qoplashda ham issiqlikni saqlovchi ashyo sifatida ko‘pik-shisha ishlatiladi. 
Ko‘pik-shisha donalari juda yengil va konstruktiv betonlar olishda yengil to‘ldirgich sifatida ishlatiladi. 
Ko‘pik-shisha to‘ldirgich shisha siniqlarini cho‘yan zoldirli aylanma tegirmonda kukun holatgacha tuyiladi va 
donalanadi. Keyin, aylanma xumdonda ko‘pirtirib eritiladi. Ko‘pik-shisha to‘ldirgichning uyilgan holatdagi 
zichligi 100—150 kg/m
3
ga teng. 
Shisha tola — borsilikat shishasini yuqori haroratda eritib, diametri juda kichik (0,00002 dan 0,03 mm 
gacha) teshikdan bosim ostida chiqayotgan tolalarni g‘altaklarga o‘rab olinadi. Shisha tolasini uzluksiz 
ravishda olish texnologiyasi 5.4-rasmda ko‘rsatilgan. 
Shisha tolasining cho‘zilishdagi mustahkamligi juda katta (R
cho‘z
— 200...400 kg/mm
2
yoki 2000...4000 
MPa). Tolaning diametri kichrayishi bilan uning mustahkamligi ham kamayadi. Shisha tolali buyumning 
zichligi hamda issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti juda kichik bo‘ladi. Diametri 0,04 mm gacha bo‘lgan 
shisha tolasining zichligi 50 kg/m
3
ga teng. 
Shisha tolasidan tayyorlangan plita, skarlup, namat va shu kabilar qavatlararo plitalar, pardadevorlar, tom 
va yopma plitalar qurilishida issiqlikni saqlovchi sifatida keng ishlatiladi. Chigal va juda kalta shisha 
tolalaridan zichlab olingan shisha namatni bitum yoki smolalarga shimdirib olingan mahsulot qurilish 
konstruksiyalarining yer osti qismini chirishdan saqlashda ishlatiladi. 

Download 1,14 Mb.
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   168




Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Oyna taxtalardan tashkil topgan paketlarning

Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish