• Respublikada santexnika buyumlari ishlab chiqarish
  • «Kulol» AU da pardozbop va boshqa sopol ashyolari




    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet67/168
    Sana19.12.2023
    Hajmi1,14 Mb.
    #124022
    1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   168
    Bog'liq
    Pardozbop qurilish ashyolari. Qisimov E. 2005

    «Kulol» AU da pardozbop va boshqa sopol ashyolari 
    ishlab chiqarish rejasi 
    «Kulol» AU si (sobiq Angren sopol buyumlari kombinati) 1966-yildan beri ishlaydi va xozirgi kunda 
    uning ish unumi quyidagicha: sopol quvurlari — 532 km; santexnika buyumlari —750 ming dona; ichki 
    devorlar uchun plitkalar — 500 ming m
    2
    ; polbop sopol plitkalar — 1800 ming m
    2
    ; qolipbop gips — 600 tonna; 
    tibbiy gips — 1000 tonna; qayta ishlangan ikkilamchi kaolin — 55000 tonna; san’at sopol buyumlari — 500 
    tonnani tashkil etadi. Ammo, kombinat texnologiyasi eskirgan mashina uskunalarga asoslangan. 
    Tayyorlanadigan mahsulotlar jahon standartlariga javob bermaydi. Kombinatning tashabbusi bilan xorijiy 
    aloqalarni o‘rnatib, zamonaviy texnologiya asoslarida sopol buyumlari ishlab chiqarish choralari ko‘rilmoqda. 
    Chexiya respublikasining ajratgan grantiga gips qoliplar va namunalar olindi. Sopol ashyolari ishlab 
    chiqarish uchun asosiy xomashyo kaolinni qayta ishlab zamonaviy buyumlar olish yo‘lga qo‘yilmoqda. 
    Buning uchun «Kaolin» qo‘shma korxonasi, «Kulol» AU si zaxiralardan kaolin olish ustida ish olib 
    bormoqdalar. Quyidagi 4.3-jadvalda kombinatni 2005-yilgacha ishlab chiqaradigan santexnika buyumlari 
    rejasi keltirilgan. 
    Hozirda Toshkent qurilish ashyolari kombinati, Angren sopol buyumlari kombinati polbop plitkalar ishlab 
    chiqarmoqda.
    Qoplama va pardozbop sopol buyumlarini O‘zbekistonda ishlab chiqarish hajmi 4.2-jadvaldan ko‘rinib 
    turibdiki, sopol plitkalarning tanqisligi, mavjud yangi texnologiyalar bilan ta’minlash (3530 ming m
    2
    sirlangan 
    plita) va 4 ta yangi (quvvati 3350 ming m
    2
    ) har xil turdagi plitkalarni ishlab chiqaruvchi zavodlar qurilishi 
    hisobiga qoplanadi.
    4.3-jadval 


    Respublikada santexnika buyumlari ishlab chiqarish 
    Hozir respublikada 23

    23

    2 mm li o‘lchamlardagi gilam gulli — milliy nusxadagi plitkalarni ko‘plab 
    ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. 
    Sopol plitkalarni ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan xomashyo zaxiralari respublikaning deyarli hamma 
    xududlarida bor. Quvasoy, Angren va boshqa xududlardagi sog‘tuproq zaxiralari sopol buyumlar ishlab 
    chiqarish uchun yaroqli xomashyodir.
    Sinov savollari 
    1. Sopollar va ularning tarkibi. 
    2. Sopollar tarkibi va uning xossalari o‘rtasidagi bog‘lanish. 
    3. Sopolbop xomashyolar. 
    4. Sopol ashyolarni ishlab chiqarish texnologiyalari. 
    5. Sopol ashyolarning xillari. Qurilish g‘ishti. 
    6. Samarali devorbop qoplama g‘ishtlar. 
    7. Pardozbop qoplama sopol plitkalar. 
    8. Pardozbop (fasad, pol, ichki devorlar kislotalar ta’siriga chidamli) sopol plitkalar. 
    9. Sopol ashyolari ishlab chiqarishdagi ilmiy-texnika yangiliklari. 
    10. Respublikamizdagi sopolbop xomashyo zaxiralari. 
    11. O‘zbekiston devorbop sopol ashyolari va buyumlari. 
    12. Respublikada pardozbop qoplama sopol plitkalar ishlab chiqarish. 

    Download 1,14 Mb.
    1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   168




    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «Kulol» AU da pardozbop va boshqa sopol ashyolari

    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish