• DEVORBOP SOPOL G‘ISHTLAR
  • O‘ZBEKISTON SOPOL ASHYOLARI




    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet65/168
    Sana19.12.2023
    Hajmi1,14 Mb.
    #124022
    1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   168
    Bog'liq
    Pardozbop qurilish ashyolari. Qisimov E. 2005

    O‘ZBEKISTON SOPOL ASHYOLARI 


    O‘zbekiston respublikasi mustaqillikka erishgandan so‘ng sopol ashyolar ishlab chiqarish sanoatida tubdan 
    o‘zgarishlar boshlandi. Mustabit davrdan qolgan, zamon talablariga javob bermaydigan, eskirgan 
    texnologiyalarga bo‘lgan munosabat o‘zgardi. Ko‘pgina korxonalar iqtisodiy jihatdan inqirozga uchradi.
    Bozor sharoitida ilg‘or xorijiy davlat texnologiyalarini o‘rganish, marketing izlanishlarini yo‘lga qo‘yish, 
    oldi-sotti muammolarini hal etish, ishlab chiqarilayotgan sopol buyumlar turlarini ko‘paytirish va buning 
    uchun tegishli mashina, asbob-uskunalarni topish va respublikaga olib kelish kabi masalalarni hal etish kerak 
    bo‘ldi. Me’yoriy hujjatlar va standartlar talablarini qondira oladigan yangi xomashyo zaxiralarini izlash
    nihoyat eng muhimi — ashyolar sifatini yaxshilash masalalari mustaqil respublikamiz oldidagi dolzarb 
    muammolar bo‘lib qoldi.
    Ta’mirlash uchun ehtiyot qismlarning Rossiyadan kelishi kamaydi. Sifatli devorbop ashyolarga talab oshdi
    raqobat kuchaydi. 
    DEVORBOP SOPOL G‘ISHTLAR 
    1997-yili Respublikada devorbop ashyolar ishlab chiqaruvchi korxonalarning imkoniyati yoki quvvati 
    777,12 mln dona g‘isht bo‘lgan bo‘lsa, aslida 386,5 mln dona devorbop g‘isht ishlab chiqariladi. 1999-yilga 
    kelib 684 mln dona g‘isht chiqarish lozim bo‘lgan korxonalarda faqatgina 293 mln dona g‘isht ishlab 
    chiqarildi. Shu davrda, devorbop ashyolar ishlab chiqarish quvvati 54% ga, mahsulot yaratish esa 28,5% ga 
    kamaydi.
    O‘quvchiga ushbu ma’lumotlarning yoritilishi, ularning kelajakda malakali mutaxassis bo‘lib qurilish 
    ashyolari ishlab chiqarish sanoatining rivojlanishida o‘z hissalarini qo‘shishlari uchun porloq imkoniyatlar bor.
    Mana shu qisqa davrda respublikamizda devorbop ashyolarni ishlab chiqaruvchi yangi korxonalar, jamoa 
    aksiyadorlari, shaxsiy zavodlar tashkil topdi. «O‘zqurilishashyo» OAU da 22 ta korxona devorbop ashyolar 
    ishlab chiqarmoqda. Shulardan 11 ta korxona aksiyadorlik, 5 ta korxona shaxsiy va 6 ta korxona uyushma 
    holatida faoliyat ko‘rsatmoqda (4.1-jadval). 
    4.1-jadval 

    Download 1,14 Mb.
    1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   168




    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish