Pardozbop plitkalarni qabul qilishda, asosan ular o‘lchamining aniqligiga, sirtining tekisligiga va rangining
tiniqligiga e’tibor berish zarur. Rangning tiniq yoki bir xildaligini aniqlash
uchun bir necha plitkani terib,
ularda 8—10 m masofadan qaraladi. Agar ranglar har xil bo‘lsa yoki boshqa nuqsonlar topilsa plitkalar
yaroqsiz deb topiladi.
Kislota va ishqor eritmalari ta’siriga chidamli sopol ashyolar kimyo zavodlaridagi
asbob-uskunalarni
muhofaza qilishda ko‘p ishlatiladi. Masalan, quvurlar, zararli suyuqliklar
saqlaydigan idishlar, shamollatish
asboblari shular jumlasidandir. Bunday buyumlar tarkibida zararli aralashmalar (gips, kolchedan va h.k.)
bo‘lmasligi kerak. Kislotalarga chidamli sopol plitkalar «K» deb belgilanadi.