Oddiy loy g‘ishti 250
120
65 mm va 250
120
88 mm li o‘lchamlarda chiqariladi.
Devor
qurayotganda g‘ishtlararo chok o‘lchami 12 mm dan oshmasligi lozim. Zavodlar ish unumini rejalashtirish
oddiy g‘isht hajmidan kelib chiqqan holda hisoblanadi, hajmi 1 m
3
bo‘lgan devor qurish uchun 400 ta g‘isht
ishlatiladi. 1 ta g‘ishtning og‘irligi 4 kg dan oshmasligi lozim.
Oddiy g‘ishtning xossalari quyidagicha: o‘rtacha zichligi 1600—1800 kg/m
3
; suv shimuvchanligi kamida
6%; issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti 0,7-0,85 Vt/(m
°C); siqilishga mustahkamligi 7,5—30 MPa;
egilishga mustahkamligi 1,8-4,5 MPa; ayrim holatlar uchun mustahkamligi 20-50% kichik bo‘lishi mumkin.
Siqilishdagi mustahkamligiga qarab, 7 xil markada g‘ishtlar ishlab chiqariladi: 75, 100, 125, 150, 200, 250
va 300. Muzlashga chidamliligi esa 15, 25, 35 va 50. Nim quruq usul bilan tayyorlangan g‘ishtlarni poydevor,
nam yoki suv ta’sirida bo‘ladigan bino qismlarini qurishda ishlatish tavsiya etilmaydi.