Qurilishda bunday plitkalar feruza, ko‘k, oq, yashil, jigarrang va tilla rang sir berib turli nusxalarda
ishlatilmoqda.
Ko‘p rangli, milliy nusxadagi guldor sopol plitkalar uchun quyidagi tarkibdagi sir qo‘llaniladi: ko‘k, oq,
yashil va jigarrang sirlar uchun: kvars qumi — 40% (May konidan), dala shpati — 26 % (Langar konidan),
dolomit — 6% (Kattaqo‘rg‘on konidan), rux oksidi — 8%, bura — 16%, tuproq — 4% (Ohangaron konidagi).
Oq sir hosil qilish uchun yuqoridagi tarkib nam holida tortilib, unga 12% qalay oksidi, jigarrang hosil
qilish uchun 1,5% kobalt oksidi, yashil rang hosil qilish uchun esa 2% xrom oksidi qo‘shiladi.
Tayyor qorishma (kvars qumi va tuproq) qirqish usuli bilan plitkalar shaklida zichlab tayyorlanadi va 5—7
soat davomida 50—60°C da quritiladi. Pishirish esa vaqti-vaqti bilan ishlaydigan xumdonlarda 1160°C da
46—48 soat davom etadi. Pishirilgan plitkalarning yuza tomoni suyuq sirga botiriladi va ular qaytadan 1150°C
da qizdiriladi (frittalash), natijada plitka yuzasida sir erib chinnisimon qatlam hosil bo‘ladi.
Sopol buyumlarni ishlab chiqaruvchi Toshkent tajriba zavodi yirik devor panellarining sirtqi tomonini
qoplash uchun 50
50 mm li rangdor va boshqa pardozbop plitkalar ishlab chiqarmoqda. Plitkalar rasm
chizilgan qog‘oz kartonlarga yopishtiriladi va unga beton qorishma yotqizilib zinapoya, pol va hokazolar
pardozlanadi.
Respublikada polbop metlax plitkalarni ishlab chiqarish 1953—1954-yillarda o‘zlashtirildi. Xomashyo
sifatida och-pushti rangli Ohangaron tuprog‘i (80%) va Langar dala shpati (20%) ishlatiladi. Namligi 8—9% li
qorishma gidravlik zichlagichda qoliplanib, xumdonda 1200—1250°C da kuydiriladi. Pishirish 64 soat davom
etadi. Bunday plitkalarning texnik xususiyatlari quyidagicha: suv shimuvchanligi 4% atrofida, ishqalanganda
og‘irligini yo‘qotishi 0,1 g/sm
2
dan oshmaydi. Sopol plitkalarning sifatini tekshirish uchun 10 dona plitkani
100°C gacha qizdirib, harorati 18—20°C li suvga botiriladi. Bunda plitka sirtida mayda darz yoki yorig‘lar
bo‘lmasligi kerak. Sopol plitkalar pol yoki devorga sement qorishmasi yoki bitum mastikasi bilan
yopishtiriladi. Buning uchun zavodning o‘zidayoq oson yuviladigan yelimlar bilan 40
60 mm li pishiq
qog‘ozga yopishtiriladi. Devor yopishtirilishidan oldin tanlangan nusxa rasmi chiziladi, so‘ng uning rangiga
mos plitka yopishtiriladi. Pol qurishda qog‘ozga yopishtirilgan plitkalar bitum mastikasi yoki sement
qorishmasi, qog‘ozli tomoni yuqoriga qilib yotqiziladi. Mastika qotgandan keyin plitka yuzasidagi qog‘oz va
yelim yuvib tozalanadi. Shuningdek, «O‘zqurilishashyo» OAU ga qarashli ikkita korxonada pardozbop sopol
plitkalar, santexnika buyumlari va boshqa ashyolar ishlab chiqariladi. 1932-yili ishga tushgan Toshkent
Qurilish ashyolari kombinati va 1966-yil tashkil topgan «Kulol» AU si shular jumlasidandir. Toshkent qurilish
ashyolari kombinatining ishlab chiqarish quvvati: polbop va qoplama sopol plitkalar (200
200 va 150
150,
314
314 o‘lchamdagi) 830 ming m
2
ga teng. Kombinatda, asosan uchta ishlab chiqarish sexi faoliyat
ko‘rsatmoqda. Kombinatdagi asbob-uskunalar ma’naviy jihatidan ancha eskirgan. Ishlab chiqarilayotgan
mahsulotlar sifati va nafisligi bo‘yicha qo‘yilayotgan talablarni qondirmaydi. Italiyaning «Sacmi» firmasi
bilan tuzilgan qo‘shma korxona mahsulotlari dunyo standartlariga javob beradi. Quyidagi 4.2-jadvalda
kombinatning besh yil davomida sopol ashyolari ishlab chiqarish rejasi keltirilgan.
4.2-jadval