Issiq nurni yutuvchi shisha




Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/168
Sana19.12.2023
Hajmi1,14 Mb.
#124022
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   168
Bog'liq
Pardozbop qurilish ashyolari. Qisimov E. 2005

Issiq nurni yutuvchi shisha buyumlari ham bino va inshoot xonalaridagi issiqlikni saqlash xususiyatiga 
ega. Bunday taxta oynalar bir ozgina ko‘kish — havorang bilan qoplangan bo‘ladi. 
O‘zbekistonning janubiy hududlarida issiqlikni yutuvchi taxta oynalarni ishlatish tavsiya qilinadi. Bunday 
oynalar ikki qatlamli derazalarning tashqi qatlamiga qo‘yiladi, chunki tushayotgan quyosh nuri xonani yaxshi 
isitishi kerak. Bunday oynalarning xususiyatlari beriladigan bo‘yoq turi oynaning tarkibi, quyosh radiatsiyasi 
va shamolga bog‘liq bo‘ladi. Ko‘pchilik xususiyatlari bilan issiqlikni yutuvchi oynalar uveoloviye oynalariga 
o‘xshaydi.
Oddiy shisha buyumlaridan farqi shuki, nur yutuvchi taxta oynalar tarkibida kobalt, nikel hamda temir 
oksidlari bor. Bunday taxta oynalar quyoshni 70—75% infraqizil nurlarini o‘ziga yutadi. Oddiy taxta oynalar 
esa 20—25% gina infraqizil nurlarni yutadi (5.5-rasm). 
Katta miqdorda issiqlik nurini yutishi hisobiga bunday taxta oyna qiziydi va ichki zo‘riqishi oshadi. 
Oynaning erkin holati haroratning o‘zgarishi hisobiga kengayishi va kirishishi uchun o‘rnatiladigan romdagi 
choklar kattaroq qilib joylanadi. 
Agar qo‘sh oynali rom o‘rnatilsa, uning tashqi qatlamiga issiqlikni yutuvchi, ichkisiga esa oddiy taxta oyna 
o‘rnatiladi. 
Inson salomatligiga foydali bo‘lgan ultrabinafsha nurlarni 25 dan 75% gacha o‘tkazadigan oyna tarkibida 
temir, titan, xrom oksidlari juda oz miqdorda bo‘lishi kerak. Bunday taxta oynalar shifoxona, bolalar uyi va 
oranjereyalarning deraza romlari uchun ishlatiladi. Ikki tomondan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rinmaydigan nurni 
yoyuvchi oynalar deraza romlar, eshik va parda devorlar uchun ishlatiladi. Bunday taxta oyna sovishidan oldin 
o‘yma bezak beruvchi gorizontal prokat usulda ikki valetslar orasidan o‘tadi va yaltiratiladi. Taxta oynaning 
bir tomoniga bosim bilan mayda qum sepiladi va oyna xiralashib o‘zaro ko‘rinmaydigan bo‘ladi. 
Binolarni me’moriy-bezaklar bilan pardozlashda rangli taxta oynalar keng qo‘llanilmoqda. Rang berishda 
shisha massaga turli temir, mis, kadmiy va h.k. oksidlar qo‘shiladi. Ranglarning bir necha ming tuslari mavjud. 


Masalan, 2-3 bo‘yoqlardan har xil rangli oynalar olish mumkin. Bunda rang qatlamining chiziqli kengayishi 
muhim ahamiyatga ega. Yupqa rang qatlamlari yorilishi ham mumkin. Qo‘shilgan rangning tusi o‘zgarishi 
bilan qalinligi ham o‘zgaradi. Agar rang kobalt oksidini qo‘shish natijasida o‘zgargan bo‘lsa, uning qalinligi 
0,1-0,2 mm dan oshmaydi. Agar qizil rang qo‘shilgan bo‘lsa, uning qalinligi 1 mm ni tashkil etadi, chunki 
yupqa qatlam bilan qizil rang olish mumkin emas.
Rangli shishalarning yorug‘likni o‘tkazish koeffitsienti rang qatlamining qalinligiga va turiga bog‘liq (5.2-
jadval).
5.2-jadval 

Download 1,14 Mb.
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   168




Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish