• G‘ishtni plastik usulda tayyorlash.
  • Quyuq loy bilan
  • E qosimov, M. Akbarov




    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet55/168
    Sana19.12.2023
    Hajmi1,14 Mb.
    #124022
    1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   168
    Bog'liq
    Pardozbop qurilish ashyolari. Qisimov E. 2005

    SOPOL ISHLAB CHIQARISH 
    TEXNOLOGIYASI 
    Sopol buyumlar o‘zining shakli, xillari, fizik-mexanik xossalarining turli-tumanligi bilan boshqa 
    ashyolardan farq qiladi. Ammo ularni ishlab chiqarish texnologiyasi bir-biriga o‘xshash. 
    Loyni tayyorlash. Qazilma kondan keltirilgan tuproq begun va vales deb ataluvchi maxsus mashinalarda 
    maydalanadi va bir vaqtda uning tagidagi g‘alvirdan o‘tkaziladi, keyin g‘alvirdan o‘tmagan yirik toshlar ajratib 
    olinadi. Uncha qattiq bo‘lmagan toshlar esa maydalanib, loy bilan aralashib ketadi. Gorizontal o‘qqa 
    o‘rnatilgan parrakli uskunada tuproq namlanadi. Agar loy yaxshi pishitilmagan bo‘lsa, undan ishlangan sopol 


    buyum sifatsiz va texnik shartlarga javob bermaydi. Ayniqsa, yupqa sopol buyumlar tayyorlashda loy 
    qorishmasi nihoyatda puxta ishlanishi kerak. 
    Qoliplash. Sopol buyumlarni qoliplash usuli uning shakliga, loyning xiliga, namligiga va qattiqligiga 
    bog‘liq. Sopol buyumlarni ishlab chiqarish texnologiyasi uch usulga bo‘linadi: plastik usul (qoliplash yoki 
    shtampovka qilish), zichlash va quyma usullari. 
    G‘ishtni plastik usulda tayyorlash. Lentali zichlagich (shneklar) yordamida loy qorishmasini qoliplash 
    amalda juda keng tarqalgan (4.2-rasm). 
    Qorishma tayyorlash uchun keltirilgan tuproq loy qoruvchi mashinada 18—28% gacha namlanadi va bir 
    jinsli plastik qorishma hosil bo‘lgunga qadar aralashtiriladi. Tayyor loy qorishmasi buyum shaklini 
    beruvchi — mundshtuk o‘rnatilgan lentali zichlash uskunasiga tushadi. 
    Quyuq loy bilan qoliplash usuli plastik usulning bir turidir. Loyning namligini 13—18% qilib 
    qorishtiriladi. Bunday usul bilan loy qoliplanganda katta quvvatli zichlagichda 10—20 MPa bosim ostida itarib 
    chiqariladi va maxsus kesgich vositasida kerakli o‘lchamda kesiladi yoki har xil shakldagi xom loy buyumlari 
    quritish xonasiga yuboriladi. 
    Sopol buyumlari ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan nim quruq usul amalda keng tarqalmagan. Bunday 
    usul bilan namligi 8—12% li loy 15—40 MPa bosimda zichlanib qoliplanadi. Plastik usulga qaraganda nim 
    quruq texnologiyasi uchun uskuna va mashinalar yasashga temir xarajati 3 barobor ko‘p sarflanadi, texnologik 
    jarayon 2 marta qisqaradi. Chiqaziladigan buyumlar shakli va qirralari to‘g‘ri hamda tekis chiqadi. Issiqlik 
    manbai xarajati 30% kamayadi. Ishlatiladigan tuproq zarrachalarining o‘lchami 1 mm lisi 50%, 1-3 mm lisi esa 
    50% dan oshmasligi lozim. Qoliplash bir yoki bir necha buyumlarni bir yo‘la mexanik yoki gidravlik 
    zichlagichda zichlab, keyin quritiladi va kuydiriladi.
    Hozirgi zamon texnologiyasiga ko‘ra, sopol buyumlar quruq usulda kukun-tuproqni 2-6% namlikda 
    yuqori bosimda zichlab olinadi. Ushbu usulda sopol buyumlar qolipdan olingandan keyin quritilmasdan 
    to‘g‘ri pishirish xumdoniga kiritiladi. Shliker usuli bilan sopol buyumlar tayyorlanganda (radiator, unitaz va 
    hokazolar) tarkibida har xil qiyin eruvchan tuproq va qo‘shilmalar, hamda 40% suv bo‘lgan quyqa murrakab 
    shakldagi qolipga quyiladi, keyin quritilib pishirish xumdoniga kiritiladi.
    Odatda, xom sopol buyumlarning namligi pishirishdan oldin 8-10% dan oshmasligi kerak.
    G‘ishtni pishirish, asosan, uch bosqichga bo‘linadi: xom g‘ishtdagi erkin birikmagan suvni asta-sekin 
    yo‘qotish; xom g‘ishtni pishirish (900—1000°C); g‘ishtni asta-sekin sovitish. 
    Sopol buyumlar pishiriladigan xumdonlar, asosan ikki xil: tonnelli va aylanma xumdonlardan iborat 
    bo‘ladi.

    Download 1,14 Mb.
    1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   168




    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish