bo‘ladi.
Shuningdek, tuproqda 0,005-0,16 mm li chang zarrachalari va 0,16-2 mm li qum donalari ham
aralashgan bo‘ladi. Loy tarkibi va undagi zarrachalarni
mayda-yirikligiga qarab yuqori plastik, qoniqarli
plastik, kam plastik va plastikmas guruhlarga bo‘linadi. Yuqori plastik loy tarkibida 80—90% gacha
tuproq zarrachalari bo‘ladi. Bunday loyni plastiklik ko‘rsatkichi 25
dan katta, suv shimuvchanligi 28% dan
ko‘p va havoyi kirishishi 10—15% dan oshmaydi. Qoniqarli plastik loyda tuproq zarrachalari 30—60% gacha
bo‘ladi. Plastikligi 15—25%, suv shimuvchanligi 20—28%, havoyi kirishishi esa 7—10% ga teng. Kam
plastik loylar tarkibini 5—30% gacha tuproq zarrachalari tashkil etadi. Suv shimuvchanligi 20% gacha,
plastikligi 7—15% va havoyi kirishishi 5—7% ga teng. Plastikmas loyni qayta ishlab bo‘lmaydi va u qolipga
tushmaydi.
Agar loy tarkibida tuproq zarrachalari 60% dan ko‘p bo‘lsa
«shirali loy» deyiladi. Ammo uning kirishishi
katta bo‘ladi. Loyda tuproq zarrachalari 10—15% bo‘lsa, bunday loyni
«shirasiz loy» deyiladi. Buning uchun
unga bentonit tuprog‘i qo‘shiladi.
«Shirali loydan» sopol buyumlari ishlab chiqaradigan korxonalarda pardozbop g‘ishtlar, plitkalar,
bo‘shliqli bloklar,
tombop cherepitsalar, quduq va oqova suv quvurlari,
polbop plitkalar, qo‘yma toshlar,
terrakotlar, mayoliklar, chinni-fayans buyumlar tayyorlanadi.