Xomashyo tarkibiga ko‘ra sopol xossalarining o‘zgarishi




Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/168
Sana19.12.2023
Hajmi1,14 Mb.
#124022
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   168
Bog'liq
Pardozbop qurilish ashyolari. Qisimov E. 2005

Xomashyo tarkibiga ko‘ra sopol xossalarining o‘zgarishi. Pishirilgan ashyolar va buyumlarni 
tayyorlashda loydan tashqari diatomit, trepel, opok va qum kabi jinslar ham ko‘p ishlatiladi. Loydan sopol 
buyumlar tayyorlash uchun tuproqning yaroqli ekanligi, uning kimyoviy tarkibiga va mayda-yirikligiga, 
plastiklik va issiqqa chidamliligiga qarab aniqlanadi. Loy tarkibidagi SiO
2
—40...50%, Al
2
O
3
— 40...50%, 
Fe
2
O
3
— 9...15%, MgO — 0,9...4,0%, CaO — 0,5...2,5%, Na
2
O va K
2
O kabi oksidlar miqdorining o‘zgarishi 
bilan uning fizik-mexanik xususiyati, tuzilishi va rangi ham o‘zgaradi. Masalan, loy tarkibida kremniy (SiO
2

miqdori ortib ketsa, uning plastiklik xususiyati kamayadi; giltuproq (Al
2
O
3
) sopol buyumlarning rangini 
oqartiradi va issiqqa chidamliligini oshiradi. Sopol buyumlarning issiqqa chidamsizligiga va uning erish 
haroratining pasayishiga sabab, undagi temir oksidi (Fe
2
O
3
) miqdorining ko‘payishidir. Bundan tashqari, sopol 
buyumlarda Fe
2
O
3
miqdori o‘zgarsa, ularning rangi och-binafshadan to‘q-qizilga aylanishi mumkin. Loy 
tarkibidagi magniy va kalsiy oksidlari (MgO, CaO) tez eruvchan modda bo‘lganligi sababli, ular sopol 
buyumlarning g‘ovakligini oshiradi, natijada ularning og‘irligi bilan issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsienti 
kamayadi. Loy tarkibidagi natriy va kaliy oksidlari (Na
2
O, K
2
O) esa buyumlarning zichligini oshiradi va 
pishirish haroratini kamaytiradi. Ma’lumki, xomashyobop sog‘ tuproq tarkibida kvars, slyuda, dala shpati kabi 
tog‘ jinslaridan tashqari, unda zararli aralashmalar ham bo‘lishi mumkin. Bunday aralashmalarga, asosan, 
tarkibida CaCO
3
ko‘p bo‘lgan bo‘r, dolomit kabi jinslar kiradi. Loy tarkibidagi CaO buyum pishirilgandan 
keyin ham unda erkin holatda qoladi va buyumga suv ta’sir etganda u tez sur’atda so‘nadi. Keyin hosil bo‘lgan 
Ca(OH)
2
kristallanib buyumning hajmi kengayadi, natijada buyumda mayda darzlar yoki yoriqlar hosil bo‘ladi. 
Loyning muhim xususiyatlaridan yana biri — uning plastikligidir. Bu ko‘rsatkich loy tarkibiga
shuningdek, undagi zarrachalarning granulometrik xossasiga, ya’ni ularning mayda-yirikligiga bog‘liq. Qum, 
shamot, to‘yingan toshqol, toshko‘mir yoki torf kuli loyning plastikligini kamaytiradi. Bunday qo‘shilmalar 
loy qorishmasining qurish vaqtida kirishishini kamaytiradi. Masalan, loy qurigandan keyin 12% ga kirishsa, 
yuqoridagi qo‘shilmalar bilan tayyorlanganda esa uning kirishishi 2-6% ga kamayadi. 
Sopol buyumlarni pishirish haroratini kamaytiruvchi qo‘shilmalar yoki flyuslarga dala shpati, pigmentlar, 
shisha maydasi, kvars va boshqalar kiradi. Buyumning g‘ovakligini oshirish uchun unga loyli mergel, 
to‘yingan dolomit, bo‘r, yog‘och qipig‘i, toshko‘mir maydasi, tuyilgan koks, torf changi va boshqalar 
qo‘shiladi. Loy qotishmasidan ishlangan buyumning yuqori harorat ta’sirida egilmasdan o‘z shaklini 
o‘zgartirmaslik xususiyati sopol buyumlarning o‘tga chidamliligi deb ataladi.
Loylar o‘tga chidamli (erish harorati 1580°C dan yuqori), qiyin eruvchan (erish harorati 1580—1350°C) va 
oson eruvchan (erish harorati 1350°C dan past) loylarga bo‘linadi.
Loy qorishmasi 100—110°C ga isitilganda undagi erkin, kimyoviy birikmagan suvlar bug‘lana boshlaydi. 
Harorat 450—650°C ga ko‘tarilganda kimyoviy birikkan gidrat suvlar yo‘qoladi va suvli kaolinit 
(Al
2


2SiO
2

2H
2
O) suvsiz holatga o‘ta boshlaydi. 650—800°C da kaolinit parchalanib giltuproq (Al
2
O
3
) va 
kremniyga (SiO
2
) ajraladi. Haroratning ko‘tarilishi natijasida bu moddalar eritma holatida o‘zaro boshqa 
minerallar bilan kimyoviy reaksiyaga kirishadi. Kalsiy va magniy karbonatlarning dissotsilanishi (ya’ni 
parchalanishi) va organik birikmalarning kuyib yo‘q bo‘lishi 960°C da ro‘y beradi. Loyni 700—800°C ga 
qizdirganda u suvda ta’sirlanmaydigan, mustahkamligi kam bo‘lgan g‘ovak jismga aylanadi. Ko‘pgina loy 
g‘ishtlar, asosan 1000—1100°C da pishiriladi. Bunda loydagi ko‘pgina moddalar parchalanadi, undagi gazlar 
va suv yo‘qoladi. Sopol buyumni pishirish jarayonida haroratning yanada ko‘tarilishi uning zichligini, 
mustahkamligini oshiradi, bu esa undagi oson eruvchan va organik moddalarning erishi hisobiga hosil bo‘lgan 
toshsimon klinkerni hosil qiladi. Bunday oson eruvchan moddalar erib, buyumdagi bo‘shliqlarni to‘ldiradi va 
uni zichlaydi. Natijada buyum hajmi biroz kichrayadi. Bunga loyning o‘t ta’sirida kirishishi deb ataladi. 
Loyda kaolinit va kuydirish haroratini pasaytiruvchi qo‘shilmalar miqdori kam bo‘lsa, uning o‘tga 
chidamliligi ortadi. 

Download 1,14 Mb.
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   168




Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Xomashyo tarkibiga ko‘ra sopol xossalarining o‘zgarishi

Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish