• Sun’iy marmar
  • Maxsus qorishmalar Akustik qorishmalar
  • E qosimov, M. Akbarov




    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet99/168
    Sana19.12.2023
    Hajmi1,14 Mb.
    #124022
    1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   168
    Bog'liq
    Pardozbop qurilish ashyolari. Qisimov E. 2005

    Pardozbop qorishmalar bino devorlarining tashqi tomonlarini, yoki zavodning o‘zida panel va bloklarni 
    suvashda ishlatiladi. Rangli suvoq deb ataluvchi qorishma tarkibida sement, ohak, tuyilgan marmar, ishqorga 
    chidamli pigmentlar, qo‘shilmalar va qum bo‘ladi. Ko‘pincha portlandsement o‘rnida oq rangli sement yoki 
    gidravlik sement ham ishlatiladi. Suvoqni har xil rangda bo‘lishi uchun rangli tabiiy toshlarni tuyib bog‘lovchi 
    moddalar bilan qorishma tayyorlanadi. Keyin ishlatilgan sementning quyuqlanishini oxiriga 2-3 soat qolganda 
    suvoq yuzasi suv yoki schetka bilan yuviladi va rangli to‘ldirgichlar yuzasi ochiladi. Rangli qum bo‘lmasa, 
    ishqor va suvga chidamli silikat bo‘yoqlarda oddiy qumni bo‘yab ham ishlatiladi. 
    Tabiiy toshni eslatuvchi rangli qorishma qotgandan keyin, uning mustahkamligi katta bo‘lishi kerak. 
    Siqilgan havo bosimida ishlovchi bolg‘alar bilan tekis suvoq yuzasiga uriladi va notekis tasvir beriladi. 
    Sun’iy marmar tasvirini beruvchi rangli suvoq qorishmalari asosan gips bog‘lovchilar va bo‘yoqlar 
    asosida tayyorlanadi. Rangli pigmentlar qo‘shilgan chala qorishtirilgan gips bo‘tqasi yoki ikki uch xil rangli 
    gips bo‘tqalari ostki yuzasi oynali qolipga quyiladi. Keyin, har xil rangli pardozbop gips taxtaning yuzasi 
    yelim suv-parafin bilan silliqlanadi. Sun’iy marmar yuzali gips taxta olish uchun qolipning ostki yuzasiga 
    qo‘pol to‘qilgan bo‘z (meshkovina) yoziladi va uning ustiga rangli quruq gips aralashmasi yupqa qatlamda 
    yotqiziladi, keyin gips bo‘tqasi quyiladi. Qolipdan olingan gips taxtadagi bo‘z olinadi, uning yuzasi tekislanib 
    silliqlanadi va yaltiratiladi. 
    Maxsus qorishmalar 
    Akustik qorishmalar gipsli yoki gidravlik bog‘lovchilarni g‘ovak to‘ldirgichlar (toshqol, keramzit va 
    h.k.) bilan qorishtirib olinadi.
    Issiqlikni saqlovchi qorishmalar tayyorlashda yengil mineral to‘ldirgichlar (pemza, tuf, keramzit, 
    agloporit va h.k.), hamda tolali moddalar va qo‘shilmalar ishlatiladi. Issiqlikni saqlovchi qorishmalar ichida 
    mayda to‘ldirgich sifatida ko‘pchitilgan perlit, sement yoki gipsli tarkibni ishlatish katta samara beradi.
    Shuningdek, qorishmaning plastikligini va g‘ovakligini oshirish maqsadida havo yutuvchi qo‘shilmalardan 
    yog‘och smolasi va ko‘pirtiruvchi yog‘och peki ishlatiladi. 

    Download 1,14 Mb.
    1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   168




    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish