o‘tkazmaslik xususiyatlarini oshirish uchun polimer qoplamalar yoki pardalar ishlatiladi.
Bunday qoplama
ashyolarning mustahkamligi 300—600 MPa bo‘lishi mumkin.
Havo bilan to‘ldiriladigan inshootlarning turg‘unligini ta’minlash uchun ikkita usul qo‘llaniladi: 1) havo
bosimini qoplama tagida ushlab turish; 2) shishirilgan yuk ko‘taruvchi konstruktiv elementlarni ishlatish.
Birinchi holatda yuqoridan ta’sir qiladigan yuk ta’sirini siqilgan havo o‘ziga qabul qilsa, ikkinchi holatda bu
ta’sirni shishirilgan konstruktiv elementlar qabul qiladi.
Siqilgan havo tayanch bo‘lgan inshootlarda havo bosimi shamollatkich yoki nasoslar yordamida ta’minlab
turiladi (10.2-rasm).
Bunday inshootlarda qoplama sifatida turli rangdagi ПВХ bilan ishlangan ashyolar ishlatiladi.
Mutaxassislar fikriga ko‘ra siqilgan havo bilan ishlaydigan sfera shaklidagi kupolalar o‘lchami 40 km
gacha bo‘lishi mumkin. Diametri 2 km va balandligi 240 metr bo‘lgan kupolalar ichida sun’iy iqlim yaratish
mumkinligi e’tirof etilgan.
Qoplamalar ikkita yaltiroq qatlamdan iborat bo‘lib, kesimi 270 mm bo‘lgan kanat bilan bog‘lanadi.
Bunday kupolalarning xizmat muddati 100 yil. Qoplamaning xizmat muddati kam bo‘lsa, ular doimiy ravishda
kupolaning shaklini saqlagan holda almashtirib turilishi nazarda tutiladi.
Respublikamizda havo bilan to‘ldiriladigan inshootlar me’morchilikda o‘z o‘rnini topmadi. Hozirgi kunda
bunday inshootlarning birontasi mavjud emas. Bu esa respublikamizda havo bilan to‘lg‘iziladigan inshootlarni
yaratish borasidagi izlanishlar talab darajasida emasligidan dalolat beradi.
Bunga sabab, quruq-issiq iqlim
ta’sirida kupolalar xizmat muddatining kamayib ketishi hamda plastmassa sanoatining
rivojlanishi zarurligi
bo‘lishi mumkin.
Haqiqatdan ham, havo bilan to‘ldiriladigan inshootlar xizmat muddati 10 yildan oshmaydi. Bunday
konstruksiyani ushlab turish havo bosimini o‘zgartirmasdan ushlab turish kabi muammolarga bog‘liq.
Hozirgi kunda yong‘inga chidamli AOCM shishaplast yaratilgan. U yuqori haroratda ham bemalol ishlashi
mumkin. Shunday shishaplastlardan Angliyada «Anilyuks», «Varerayt», Amerikada «Pluton»
kabi turlar
mavjud.
Bunday polimer ashyolarning konstruktiv sifati va xossalari ancha yuqori bo‘ladi. Mustahkam
plastmassalarni yaratish mumkinligi bir qator obyektlarda o‘z isbotini topdi. Bunga, asosan ilmiy-texnikaning
rivojlanishi sabab bo‘ldi.
Plastmassalarning ishlatilishiga aniq me’moriy ishlanmalarni misol qilishimiz mumkin. Jumladan, P. Kuka
guruhi yaratgan «Hashamatli shahar», I.Fridman yaratgan «Harakatchan shahar», K.Tamami
yaratgan
«Yashaydigan gulbarg» va h.k.
Me’morchilikning kelajagi haqida quyidagi aksiomani qabul qilish lozim: «Marmar chiroyliligi, yog‘och
o‘ymakorligi hech qachon yo‘qolmaydi. Ular yerdagi borliq sifatida doimo qoladi».
Hozirda poliuretan barcha ko‘rsatkichlari bilan yog‘och bilan raqobatlashishi mumkin. Yana bir necha 10
yillardan keyin plastmassa temir bilan to‘la raqobatlasha oladi degan fikr soha olimlarining halqaro
anjumanida e’tirof etilgan. Boshqacha aytganda plastmassa barcha ashyolardan ustunligini isbotlamoqda.
Bunday rivojlanish chuqur ma’noda qarama-qarshiliklarni keltirib chiqarishi mumkin.