• KUKUN TO‘LDIRGICHLAR VA QO‘SHILMALAR
  • E qosimov, M. Akbarov




    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet127/168
    Sana19.12.2023
    Hajmi1,14 Mb.
    #124022
    1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   168
    Bog'liq
    Pardozbop qurilish ashyolari. Qisimov E. 2005

    Kontaktli qoliplash. Maket yoki andozaga smola (poliefir yoki epoksid smolalari) shimdirilgan shisha tola 
    yotqiziladi va roliklar yordamida tekislab bostiriladi. Andozaga yotqizilgan shishaplastik polimer bo‘tqasi 
    rezina listlar yoki qoliplar bilan yopiladi va 0,1-0,5 MPa havo bosimi ostida siqiladi. Hosil bo‘lgan buyum 
    to‘liq qotgandan keyin andozadan ko‘chirib olinadi. Andozaga yotqizilgan shisha plastik polimer bo‘tqa elastik 
    pardalar yordamida vakuum kuchi bilan buyum hosil qilinadi. 
    KUKUN TO‘LDIRGICHLAR VA QO‘SHILMALAR 
    Sopol buyumlar qorishma va betonlar kirishishining kamayishini ta’minlashda to‘ldirgichlarning roli 
    qanchalik muhim bo‘lsa, polimer buyumlarni olishda ishlatiladigan kukun to‘ldirgichlarning ahamiyati ham 
    juda kattadir. Kukun to‘ldirgichlar plastmassa buyumlarning kirishishini keskin kamaytiradi, hamda ularni 
    aniq o‘lchamlarda tayyorlashga imkon beradi. To‘ldirgichlar plastmassa bo‘tqasiga qo‘shib qorishtiriladi. 
    Natijada, unda hosil bo‘lgan sinch hisobiga uning mexanik xossalari yaxshilanadi, hamda bog‘lovchini 
    tejashda, mustahkamligini oshirishda to‘ldirgichning roli juda kattadir. To‘ldirgichlar kelib chiqishiga ko‘ra 
    organik (o‘simlik tolalarida paxta va yog‘och uni sellulozasi) va anorganik (asbest uni, ma’dan jinslardan —
    talk, kaolin, tuyilgan slyuda, kvars va boshqalar) guruhlarga bo‘linadi. 


    To‘ldirgichlarning polimer buyumlaridagi miqdori har xil bo‘ladi. Jumladan, plastmassa buyumlarida 
    bog‘lovchi smola miqdori hammasi bo‘lib 8—12% ni tashkil etsa, undagi to‘ldirgich yog‘och-payraxa esa 
    o‘rta hisobda 90% ni tashkil etadi. Gazlama yoki yupqa taxtasimon to‘ldirgichlar ishlatiladigan plastmassalarni 
    bog‘lovchi smola miqdori 15—60% bo‘lsa, to‘ldirgich 85—40% bo‘ladi. Polietilen, polistirol, organik shishali 
    polimer buyumlarda to‘ldirgich umuman bo‘lmaydi.

    Download 1,14 Mb.
    1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   168




    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish