• Qotiruvchilar
  • Sintetik smolalardan ishlanadigan pardozbop qurilish buyumlari
  • Polbop ashyolar.
  • E qosimov, M. Akbarov




    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet128/168
    Sana19.12.2023
    Hajmi1,14 Mb.
    #124022
    1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   168
    Bog'liq
    Pardozbop qurilish ashyolari. Qisimov E. 2005

    Plastifikatorlar — plastmassa buyumlarning ishlatilishi jarayonida egiluvchanlikni oshirishda, uni 
    ishlashdagi texnologiyani osonlashtirishda ishlatiladi. Aksariyat plastifikatorlar yoysimon bo‘lib, polimer 
    bo‘tqani qayta ishlashda qo‘shiladi. 
    Plastifikatorlarning kamchiligi shundaki, ular plastmassa buyumlarni haroratga chidamliligini kamaytiradi 
    va asta-sekin bug‘lanib ketadi. Bu esa plastmassaning mo‘rtligini oshiradi. Buning uchun erish harorati 250°C 
    dan kam bo‘lmagan plastifikatorlar quyosh nuri va suvga chidamli, hamda namni o‘ziga olmaydigan bo‘lishi 
    kerak. Masalan, yog‘simon xususiyatga ega bo‘lgan dibutilftalat shular jumlasidandir.
    Qotiruvchilar — bir qator polimer smolalarning qotishini tezlatib, erimaydigan qattiq holatga keltiruvchi 
    moddalardir. Issiq yoki sovuq holatda qotirish xususiyatiga ega bo‘lgan moddalarga — kislota angidrid, 
    perekis, spirt va aminlarni kiritish mumkin. 
    Sintetik smolalardan ishlanadigan pardozbop qurilish buyumlari 
    Turarjoy va jamoat binolarini qurishda sarflanadigan umumiy xarajatning 15—20% ini pardozlash ishlari 
    tashkil etadi. Polimer ashyolar ishlatilishiga ko‘ra quyidagi xillarga bo‘linadi: polbop ashyolar; xonaning ichki 
    devorlarini pardozlashda ishlatiladigan ashyolar; qurilish konstruksiyalaribop ashyolar; uzun o‘lchamli qurilish 
    buyumlari; sintetik yelim va mastikalar; issiqlikni va tovushni kam o‘tkazadigan ashyolar; tombop suvga 
    chidamli va germetik ashyolar; santexnika asboblari, quvurlar va sintetik armaturalar; sintetik lok-bo‘yoq 
    ashyolar. 
    Polbop ashyolar. Keyingi vaqtlarda toza tabiiy ashyolardan pol qurish ko‘paymoqda. Shular qatori 
    sintetik smolalar asosida tayyorlanadigan o‘rama ashyolar ham keng ishlatilmoqda. Shularning ayrimlari bilan 
    tanishib chiqamiz. 
    Linoleum — bir yoki ikki qatlamli o‘rama ashyo. Ustki qatlami plastmassadan, ostkisi dag‘al gazlama, 
    namat, maxsus karton va boshqa ashyolardan ishlangan bo‘ladi. Sanoatimiz gliftal polixlorvinil, koloksilin va 
    rezina linoleumlar ishlab chiqarmoqda.

    Download 1,14 Mb.
    1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   168




    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish