• Organik shisha
  • Serg‘ovak plastmassalar.
  • Yog‘och qatlam plastiklar




    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet136/168
    Sana19.12.2023
    Hajmi1,14 Mb.
    #124022
    1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   168
    Bog'liq
    Pardozbop qurilish ashyolari. Qisimov E. 2005

    Yog‘och qatlam plastiklar yuqori sifatli to‘g‘ri xodadan tilib olingan yupqa listlarni termoreaktiv 
    smolalar shimdirib, ularni yuqori harorat va bosim ostida o‘zaro yopishtirib olinadi. Yog‘och plastik qatlam 
    quyidagi o‘lchamlarda tayyorlanadi: uzunligi 70—560 sm, eni 90—120 sm va qalinligi 2—100 mm. U 
    turarjoy, jamoat binolari qurilishlarida pardozbop va konstruktiv ashyo sifatida ko‘p ishlatiladi. 
    Organik shisha — oddiy deraza oynalari kabi nur o‘tkazuvchan va uning ta’siriga chidamli yengil ashyo. 
    Vaqt o‘tishi bilan organik shishada xiralashish yoki sarg‘ayish, shuningdek, mo‘rtlashish alomatlari bo‘lmaydi. 
    Bundan tashqari, ob-havoda mutlaqo o‘z xususiyatini, ko‘rinishini o‘zgartirmaydi. Uning egiluvchanligi va 
    yuqori mustahkamligi sanoatning ko‘pgina tarmoqlarida ishlatishga imkon beradi. U 60°C gacha isitilsa juda 
    oson egiladi va turli buyumlar ishlashga imkoniyat yaratiladi. 120°C da juda yumshoq, 160°C da oquvchan 
    bo‘ladi, 300°C dan yuqori haroratda esa u yonish xususiyatiga ega. Organik shisha uzunligi 10—135 sm, eni 
    10—125 sm va qalinligi 2—25 mm ga teng qilib taxta shaklida ishlab chiqariladi. Organik shishani rangli, xira 
    va rangsiz qilib ham tayyorlash mumkin. Uning hajmiy og‘irligi 1200 kg/m
    3
    ga teng. Organik shisha nur 
    o‘tkazuvchan devor va pardadevor, deraza o‘rni va bug‘ xonalarni berkitishda, shuningdek, sanoat 
    inshootlarida ishlatiladi. 
    Serg‘ovak plastmassalar. Ari uyasisimon plastika (sotoplast) devorchalari to‘g‘ri geometrik shakllardan 
    iborat bo‘lgan, orasi esa bo‘shliqdan tashkil topgan ashyo. Ari uyasisimon plastika gazlama, qog‘oz, yog‘och 
    listi va shunga o‘xshash yupqa ashyolarni termoreaktiv smolalar shimdirib, yuqori bosim va harorat ostida 
    zichlab, so‘ng ularni o‘zaro yopishtirib olinadi. Ari uyasini eslatuvchi bo‘shliq devorlarining ikki tomoni 
    plastik listlari bilan yopishtiriladi va quyidagi o‘lchamlarda kesilib, bloklar tayyorlanadi. Ularning uzunligi 
    100—150 sm, eni 55—65 sm va qalinligi 30—35 sm ga teng. Shimdirib keyin quritilgan tayyor blok yarim 
    yaltiroq va bikr bo‘lib chiqadi. 
    Ari uyasisimon plastiklar, asosan issiqlikni kam o‘tkazuvchan ashyo sifatida ishlatiladi. Uni temir-beton 
    devorbop panellar orasiga issiqlikni muhofazalovchi qatlam, ikki tomoni СВAM yoki yog‘och qatlam 
    plastiklari bilan o‘ralgan pardevor bloklari sifatida ishlatish mumkin. 

    Download 1,14 Mb.
    1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   168




    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish