• Shisha tekstolit
  • Shishaplastik kompozitlarning fizik-mexanik xossalari




    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet134/168
    Sana19.12.2023
    Hajmi1,14 Mb.
    #124022
    1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   168
    Bog'liq
    Pardozbop qurilish ashyolari. Qisimov E. 2005

     
    Shishaplastik kompozitlarning fizik-mexanik xossalari 
    10.1-jadvalning davomi 
     
     
     
     
    Shishaplastik to‘lqinli tombop taxtalar. Bunday listlar poliefir smola bilan shimdirilgan shisha tolalarni 
    uzluksiz zichlab prokat usuli bilan yasaladi. Qolipga yopishmasligi uchun uning ikki tomoniga polistirol yoki 
    selofan yotqiziladi. Shishaplastik tombop taxtalar yengil, pishiq, chiroyli, turli rangda va yaltiroq bo‘ladi. 
    Tabiiy yorug‘likni bir tekis (yoyib) 80—85% gacha o‘tkazadi. Uning kamchiligi — yonuvchan va 
    qimmatbaho. 
    Konstruktiv shisha plastiklar uchun ishlatiladigan smolalar, birinchi navbatda, juda mustahkam, shisha tola 
    bilan qattiq yopishadigan va qotganda kam kirishadigan bo‘lishi kerak. 
    Keyingi vaqtlarda konstruktiv shishaplastiklar uchun poliefir va epoksid smolalardan biriktiruvchi sifatida 
    juda ko‘p foydalanilmoqda. Qurilishning ayrim joylarida bu smolalardan tayyorlangan shishaplastiklar po‘lat, 
    rangli metall va yog‘och o‘rnida konstruktiv ashyo sifatida ishlatilmoqda. 
    Konstruktiv shishaplastiklar uchun eng ko‘p ishlatiladigani poliefir smolasidir. Poliefir smolalari qatorida 
    mustahkam yopishuvchanlik xossasiga ega bo‘lgan epoksid smolalar konstruktiv shisha tekstolitlar uchun 
    biriktiruvchi sifatida ishlatiladi. Endilikda poliefir va epoksid smolalarga shimdirilgan arqonsimon shisha tola 
    yig‘ma temir-beton konstruksiyalarini ishlashda armatura sifatida ham ishlatilmoqda. Bulardan tashqari
    konstruktiv shishaplastiklardan kuchni o‘ziga oladigan qo‘shtavr va shveller to‘sinlar ishlatilmoqda. Yirik 
    panellarni tayyorlash uchun shisha plastinalardan qoliplar ishlanmoqda. 
    Shisha tekstolit — sintetik smola bilan singdirilgan shisha to‘qimaning issiq zichlagichda zich qatlamli 
    plastik taxta shaklidagi ashyosidir. Shisha to‘qimalar qatorida tabiiy gazlama qatlamlari ham bo‘ladi. 
    Shisha tekstolit o‘tga chidamlidir, unga zamburug‘lar mutlaqo ta’sir etmaydi, atmosfera ta’siriga bardoshli, 
    bir oz nam tortadi. Ammo cho‘zilishga (uzilishga, yirtilishga) o‘ta chidamli. 
    Sanoatda shisha tekstolitlar uzunligi 2400 mm, eni 1000 mm va qalinligi 15 mm gacha bo‘lgan listlar 
    tarzida chiqariladi. Listlarning qalinligi asosan zichlanadigan shisha to‘qimaning qalinligi va miqdoriga 
    bog‘liq. 
    Shisha tekstolit juda ko‘p sohalarda qo‘llaniladi. Uni devorlarga, panellarga, pardevorlarga, tomlarga 
    ishlatsa ham bo‘ladi. Undan zichlangan quyma vannalar, rakovinalar hamda ro‘zg‘orda ishlatiladigan xilma-xil 
    buyumlar yasash mumkin. 
    ShTAK (shishatolali anizatrop kompozit) gazlama qatlamlarisiz faqat shisha tolalaridan yasaladi, shisha 
    tekstolitdan aynan shu bilan farq qiladi. Uzluksiz shisha tolalar to‘g‘ri va bir yo‘nalishda o‘zaro parallel 
    joylangan, yondosh qatorlardagi tolalar esa bir-biriga nisbatan ko‘ndalang joylashgan. Tolalar shisha eritish 
    uskunasidan chiqishidayoq qatorlar holida joylanadi va ustiga sintetik smola purkaladi. 
    ShTAK nihoyatda pishiqdir. Uning cho‘zilishga mustahkamlik chegarasi 950 MPa gacha, siqilishga 
    mustahkamlik chegarsi 850 MPa gacha, egilishga mustahkamlik chegarasi esa 550 MPa gacha bo‘ladi. 
    Sanoatimiz ShTAK ni uzunligi 1000 mm dan, eni 500 mm dan va qalinligi 30 mm dan oshmaydigan 
    plitkalar ko‘rinishida ishlab chiqaradi. 
    Plitkalar yorug‘lik, bug‘, nam ta’siridan buzilmaydigan hamda sovun va dezinfeksiyalovchi vositalar 
    ta’siriga chidamli bo‘lishi lozim. 

    Download 1,14 Mb.
    1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   168




    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Shishaplastik kompozitlarning fizik-mexanik xossalari

    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish