|
Pardozbop plastmassa pardalar Pdf ko'rish
|
bet | 131/168 | Sana | 19.12.2023 | Hajmi | 1,14 Mb. | | #124022 |
Bog'liq Pardozbop qurilish ashyolari. Qisimov E. 2005Pardozbop plastmassa pardalar. Pardali ashyolar asosli yoki asossiz qilib chiqariladi. Asosli pardali
ashyolar rangli polivinilxlorid pardani qog‘oz yoki gazlamalar ustiga yelimlab olinadi. Ularning yuza tomoni
xuddi linkrust kabi silliq yoki bo‘rttirib ishlanishi mumkin.
Qog‘oz yoki gazlamalar asosida olinadigan pardali ashyolarning eni 500, 600, 700 va 1000 mm, qalinligi
0,1—0,8 mm, uzunligi 40 metr bo‘ladi.
Asossiz pardali ashyolar turli rangga bo‘yalgan yupqa polivinilxlorid pardasidan iborat bo‘ladi. Ular eni
500, 600, 750 mm, qalinligi 0,1 va 0,2 mm, uzunligi 12 metr qilib ishlab chiqariladi.
Qoplamabop qatlamli — qog‘oz plastik-qog‘oz varaqlariga sintetik smola singdirib, silliq temir
qistirmalarda 130—140°C da harorat 7 MPa gacha bosim ostida yog‘och yuzasiga zichlab yopishtiriladi.
Plastikning ustki qismi silliq va jilo berilgandek yaltirab turadi, har xil rangda va qimmatbaho yog‘ochlar
rangiga, hamda tasvirga o‘xshatilgan bo‘ladi. Plastiklar mebellar, panellar, devorlar, eshik tavaqalariga
qoplanadi. Fanersozlik sanoati yelimlab yasalgan va sirtiga plastik qog‘oz qoplangan panellar va plitalar ishlab
chiqaradi. Plastikka suv, issiqlik, ishqor va kislotalar ta’sir etmaydi, bo‘yoq moddalar singmaydi, sovunli iliq
suv bilan yaxshi yuviladi.
Linkrust — qalin qog‘oz asosga yoki kartonning bir tomoniga yupqa qilib polixlorvinil smolani surtish
yo‘li bilan olinadi.
Linkrustning yuza tomoni silliq yoki bo‘rttirib ishlanishi mumkin. Uning eni 500, 600 va 750 mm, qalinligi
0,6 va 1,2 mm, uzunligi 8—12 metr bo‘lishi mumkin. Linkrust suv va nam ta’siriga chidamli, chirimaydi,
texnik kuchlarga bardosh bera oladigan ashyo. U turarjoy, jamoat va sanoat binolarining devor va to‘siqlarini
pardozlashda qo‘llaniladi. Linkrust devorlarga kraxmaldan tayyorlangan yelim yoki maxsus sintetik polimerlar
asosida olingan yelimlar bilan yopishtiriladi.
Yuviladigan pardalar. Bular oddiy gulqog‘ozlar bo‘lib, sirtiga ПВA emulsiya qoplangan bo‘ladi. Ularni
iliq suv bilan yuvish mumkin. Suv ta’siriga bardosh bera oladigan gulqog‘ozlar foydalanish uchun juda qulay
va chidamli bo‘ladi. Yuviladigan gulqog‘ozlar turarjoy binolarining devorlariga yopishtirishda eng yaxshi
pardozbop ashyolardir.
|
| |