ko‘ra dermantin oq, jigarrang yoki qora bo‘ladi. Yuzasi esa tekis yoki bo‘rttirilgan bo‘lishi mumkin.
Dermantinning qilinligi 0,5 va 0,8 mm, eni 750 va 1000 mm, uzunligi esa 40 metrgacha qilib chiqariladi. U
turarjoy, jamoat binolarining devorlarini, poydevorlarni, mebel va shunga o‘xshashlarni qoplashda ishlatiladi.
SHISHAPLASTLAR VA KOMPOZITLAR
Ashyoning asosiy hajmini tashkil etuvchi tarkibiy qism va ularni o‘zaro bog‘lab turuvchi (tola yoki qattiq
zarracha kukun), hamda mustahkamligini ta’minlovchi tarkib
kompozitlar deb ataladi.
Kompozit qurilish ashyolarining hajm og‘irligi po‘latnikiga qaraganda 4—5 marta kichik. Shu bilan birga
ularning mustahkamligi 25 martagacha kattadir.
Dunyo miqyosida kompozitlar ishlab chiqarish yildan-yilga oshmoqda. G‘arbiy Yevro‘pa va AQSh
davlatlari 1977-yilda 350 ming tonnadan kompozit ashyolar ishlab chiqargan bo‘lsa, o‘n yildan keyin, ya’ni
1986-yilda ushbu ko‘rsatkich 3 barobar oshdi. 2000—2005-yillari kompozit ashyolarga bo‘lgan ehtiyoj yiliga
2,5—3,0 mln tonnani tashkil etishi mumkin. Bundan, kelgusida, po‘latga bo‘lgan talabning keskin kamayishi
kutilmoqda. Kompozit ashyolarni ishlab chiqarish unumi shunga mos boshqa ashyolarnikiga qaraganda 2—3
barobar kattadir. Ishlatilishini hisobga olganda, kompozit ashyolarning chidamliligi 2—3 marta yuqori.
Nazariy tomondan hisoblanganda 1 tonna kompozit 15—25 tonna po‘latning o‘rnini bosadi. Amaliyotda esa
4—5 tonna po‘latning o‘rniga 1 tonna kompozit ashyolarni ishlatsa bo‘ladi.
Kompozitlar tarkibidagi armaturasimon tolalarni joylash usuliga ko‘ra tolalar bir tekis qatlam holatiga
keltirilgan, o‘zaro parallel va uzluksiz, bir yo‘nalishda joylangan, tolalar tartibsiz, chigal fazoviy joylashgan
gazlamali armatura xillariga bo‘linadi.
Kompozitdagi armaturasimon ashyolar sifatiga ko‘ra pishiqlikni ta’minlovchi tuyilgan kukun va tolali
bo‘lishi mumkin. Bu ikki xil kompozit qurilish ashyolari o‘zlarining tuzilishga va mustahkamligining
shakllanishiga ko‘ra bir-biridan tubdan farq qiladi. Tuyilgan kukunli kompozitlar tarkibida — 2—4% obdan
tuyilgan zarrachalar bo‘lib, ashyoning hajmi bo‘ylab bir tartibda joylashgan matritsa vazifasini o‘taydi.
Agar kukun zarrachalarining solishtirma yuzasi kichik bo‘lsa va ularning oraliq masofalari har xil bo‘lsa,
kompozitning pishiqligi kichik bo‘ladi. Masalan, kukunning maydalik darajasini ifodalovchi zarracha o‘lchami
1,0 mkm dan katta bo‘lsa, uning kompozit hajmidagi o‘rni 25% dan oshib ketadi. Agar zarrachaning yirikligi
0,001—0,1 mkm oralig‘ida bo‘lsa, u holda uning umumiy hajmi 15% dan oshmaydi. Matritsa vazifasini
bajaruvchi — bitum, sun’iy polimerlar, kauchuk, pishiqlikni ta’minlovchi bo‘r, slyuda, uglerod, kremnezem,
ohaktosh zarrachalaridan tashkil topgan kompozit qurilish ashyolarining mustahkamligi, qattiqligi, issiqqa chi-
damliligi yuqori bo‘ladi, shu bilan birga ularning plastikligi saqlanib qoladi.
Kompozitning yaxlit holatini ta’minlovchi qism —
matritsadir. Undagi bir xil yo‘nalishli yoki chigal
tolalar kompozit kuchlanishini hajmi bo‘ylab bir xil ko‘rsatgichda tarqatadi.
Tolalar bilan matritsa orasidagi adgeziya birikishini va o‘zaro yopishish mustahkamligini oshirish kabi
ishlar polimer kompozitni ishlatishdagi chidamliligini oshiradi.