• Suspenziyalar bilan qoplash.
  • Shishaplastlarni changlatish
  • Rezina ashyo bilan qoplash.
  • Buyumni qizitib changlatish usuli




    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet140/168
    Sana19.12.2023
    Hajmi1,14 Mb.
    #124022
    1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   168
    Bog'liq
    Pardozbop qurilish ashyolari. Qisimov E. 2005

    Buyumni qizitib changlatish usuli buyumlar sirtini poliamid (kapron va boshqalar) va polietilen bilan 
    qoplash kerak bo‘lganda ishlatiladi. Buyum polimer eriydigan haroratdan ortiqroq haroratgacha qizdiriladi va 
    polimer kukuni bor vannaga qisqa muddatga botiriladi yoki qizdirilgan buyum sirtiga bosim ostida polimer 
    kukuni purkaladi. Natijada, buyum sirtida polimer qatlami tekis va toza sirt hosil qiladi. 
    Suspenziyalar bilan qoplash. Polimer kukunidan tayyorlangan suspenziya (ftoroplast suvi) buyum sirtiga 
    oddiy usulda surtiladi yoki buyum suspenziyaga botirib olinadi. So‘ngra buyum quritiladi va polimerni eritish 
    va uni pardaga aylantirish uchun 260—276°C gacha qizdiriladi. 
    Shishaplastlarni changlatish usuli bilan buyum sirtiga qirqilgan mayda shisha tolalari va poliefir smola 
    bir vaqtda (siqilgan havo bilan) changlatiladi. Qoplama uy haroratida qotiriladi va buyum sirtida mustahkam 
    va ishqalanishga chidamli sirt hosil bo‘ladi. 
    Rezina ashyo bilan qoplash. Bunday qoplama o‘zining elastikligi, yaxshi dielektrik xossalari, zararli 
    muhit ta’siriga chidamliligi, shuningdek, suv, gaz o‘tkazmasligi bilan farq qiladi. 
    Pol, devor va shiplarga ishlatiladigan polimer yelim va bo‘tqalar 
    Ashyolarni biror yuzaga mahkamlash va pol qoplamalarini yopishtirish uchun ishlatiladigan bo‘tqalar 
    bog‘lovchi bitum, smola, to‘ldirgichlar — talk, kaolin, asbest, ohak kukuni va boshqalarni qorishtirib 
    tayyorlanadi. 
    Bitum bo‘tqalar bilan parketli pollar, namat va qog‘oz asosli linoleum, relin, asbest smolali va rezina 
    plitkali pollar ishlanadi. 
    Bitum-rezina bo‘tqa bilan linoleumning barcha turlari (nitrolenoleumdan boshqasi) va plitkali pollar 
    yopishtiriladi. 
    Kazein va kanifoldan qilingan bo‘tqa bilan namat asosli linoleum yopishtiriladi va qattiq yog‘och tolali va 
    qirindi plitkalar ham yelimlanadi. 
    Qoplamani bino devoriga va shipga yopishtirish uchun qu-yidagi yelim va bo‘tqalar ishlatiladi. 

    Download 1,14 Mb.
    1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   168




    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish