O‘ZBEKISTON POLIMER ASHYOLARI




Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/168
Sana19.12.2023
Hajmi1,14 Mb.
#124022
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   168
Bog'liq
Pardozbop qurilish ashyolari. Qisimov E. 2005

O‘ZBEKISTON POLIMER ASHYOLARI 
Hozirgi kunda respublikada qurilayotgan uy-joylarni plastmassa buyumlarisiz, sintetik ashyolarisiz 
tasavvur qilish mumkin bo‘lmay qoldi. 
1964-yilda ishga tushirilgan binokorlik ashyolari va plastmassa buyumlari ishlab chiqaradigan Ohangaron 
kombinati respublikamizdagina emas, balki Markaziy Osiyoda ham eng yirik korxonadir. Bu korxona 
Markaziy Osiyoning hududlarida uy-joy qurish uchun yetarli miqdorda plastmassa buyumlari yetkazib 
bermoqda. 
Ohangaron kombinati xilma-xil binokorlik ashyolari: polietilendan — quvurlar, qoplama plitkalar; 
polistiroldan — issiqlikni kam o‘tkazadigan buyumlar va boshqalar ishlab chiqarmoqda. Respublikamiz 
qurilish industriyasining plastmassa va sintetik smolalarga bo‘lgan ehtiyoji 2000-yilda 25 ming tonnadan oshib 
ketdi. 
Ohangaron qurilish ashyolari kombinati, Toshkent 1-yog‘ochsozlik zavodi, Samarqand Qurilish ashyolari 
va konstruksiyalari kombinati respublikada polimer ashyolari ishlab chiqaruvchi asosiy sanoat korxonalaridir. 
Plastmassa olish uchun ketadigan xomashyoga respublikamiz juda boy. Shulardan g‘o‘zapoya
o‘stiriladigan o‘simliklar orasida plastmassa buyumlar uchun eng qimmatli xomashyolardan biridir. 
Plastmassalarni seluloza tolalari, paxta zavodining qoldiqlari bilan puxtalab juda mustahkam tolali 
plastiklar olish mumkin. 
Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda chigit sheluxasini kompleks qayta ishlaydigan bir nechta gidroliz zavodi 
bor. 
Plastmassa uchun xomashyo sifatida ishlatiladigan furfurol chigit sheluxasidan gidroliz yo‘li bilan olinadi. 
Shuningdek, makkajo‘xori o‘zagi, pista po‘chog‘i, zig‘ir va har xil yovvoyi o‘simliklar poyasidan ham ushbu 
yo‘l bilan furfurol olish mumkin.
Qamishdan bir qancha muhim kimyoviy moddalar olish mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar 
akademiyasining «Umumiy va noorganik kimyo instituti» ma’lumotlariga ko‘ra qamish suvda qaynatilganda 
6%, kislotada qaynatilganda esa 17% furfurol olish mumkin. Demak, odatda furfurol ishlab chiqarish uchun 
qo‘llaniladigan xomashyolarga (paxta sellulozasi, yog‘och va boshqalar) qaraganda qamishdan ko‘proq 
furfurol ajrab chiqadi. Qamishning furfurol olingandan keyin qolgan qismi selluloza sanoati va qoplama 
plitkalar ishlab chiqarish uchun xomashyo bo‘la oladi. 
Neft tozalaydigan har bir zavod a’lo sifatli mashina moylari va yonilg‘ilardan tashqari uglevodorod 
xomashyosini ham ishlab chiqara oladi. Uglevodorod xomashyosidan esa turli sintetik ashyolar tayyorlanadi. 
Plastmassa olishda asosiy xomashyo tabiiy gazdir. O‘zbekistonda yer ostidagi tabiiy gaz zaxiralari juda ham 
ko‘p. Bu gaz arzon yoqilg‘i bilan birga kimyo sanoati tarmoqlari uchun juda qimmatli xomashyo hamdir. 
O‘zbekistonda paxtadan ПВX qo‘shib sun’iy charm (linoleum) ishlab chiqarish yanada taraqqiy topdi. 
Respublikada tabiiy gazdan kremniyorganik birikmalar ishlab chiqarish ham yo‘lga qo‘yildi. 
Respublikamizda qurilish ashyolari sifatida polimer buyumlar ishlab chiqaruvchi korxonalar hozirgi kun 
talablarini to‘la qondira oladigan darajada emas. Faqatgina ikkita yirik zavod polimer buyumlari ishlab 
chiqarmoqda. Ulardan biri «Ohangaronlinplast» ekstruziya va termoplast polimerlarni quyma usulda bosim 
ostida tayyorlashga ixtisoslashgan bo‘lsa, ikkinchisi «Yantoq-Brit» O‘zbekiston — Angliya qo‘shma 
korxonasi o‘rama va uzun buyumlar, jumladan, devorga yopishtiradigan ko‘pik pardaqog‘oz va polimer-
betondan tayyorlanadigan santexnik qismlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashdi. 
«Ohangaronlinplast» ochiq turdagi AU si korxonasining quvvati ПВX pardasini ishlab chiqarish 20000 
ming m
2
, issiq va tovushdan muhofazalovchi ПВX linoleumlar — 4300 ming m
2
, polietilen pardalari — 1635 
tonna, termoplast quvurlari va plastmassa ehtiyot qismlari — 877 tonna quyma va har xil shaklli uzun 
plastmassa buyumlari — 2910 tonna miqdorida ishlab chiqarish imkoniyatiga ega. 
Korxonalardagi texnologiyalarni nodir mashina va uskunalar bilan boshqarish maqsadida 1998-yili 
Germaniyaning «Ermafa-Kunstofftexnik» firmasi bilan tuzilgan innovatsiya dasturiga binoan ПВX pardalari 
ishlab chiqaruvchi zamonaviy uskunalar ishga tushirildi. Natijada, qalinligi 0,1—0,8 mm va eni 1800 mm ga 
teng bo‘lgan oddiy ПВX pardalari, hamda 4 xil rang bilan naqsh beruvchi (chuqur bosmada) ПВX pardalari 
ishlab chiqarilmoqda. Bunday uskunalarda galanteriya, kansellyariya buyumlari, qishloq xo‘jaligi va xalq 
xo‘jaligining boshqa sohalari uchun ham turli pardalar ishlab chiqarish mumkin.


Respublikada ilk bor qurilish uchun juda zarur, tombop, suvga chidamli, chirish va zanglashdan saqlovchi 
samarali ashyolar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Bunday ashyolar nafisligi, ishlatishga qulayligi, ta’mirlash 
va montaj qilishga osonligi bilan xorijiy ashyolar qatori bozor sharoitida raqobatlashishi mumkin. 
Germaniyadan keltirilgan uskunalarning quvvati 20 mln m
2
ga teng. Bu bilan respublikada chiqarilayotgan 
barcha linoleumlarni qoplash mumkin. Pardaning chidamliligi 20 yilga teng bo‘lib, undagi rang va naqshlarni 
buyurtmachining xohishiga ko‘ra ishlab chiqarish ham mumkin. 
«Ohangaronlinplast» korxonasida ishlab chiqarilayotgan polimer ashyolar quyidagilardir: 
— suv, kislota va ishqor eritmalari ta’siriga mo‘ljallangan, diametri 25 mm dan 110 mm gacha bo‘lgan 
polietilen quvurlar
— qishloq xo‘jaligi va har xil mahsulotlar uchun qalinligi 0,04 mm dan 0,2 mm gacha, eni 2800 mm li 
polietilen pardalar; 
— temir-beton devorbop panellarga har xil o‘lchamlardagi teshiklar qoldirish uchun diametri 14 mm dan 
32 mm gacha bo‘lgan uzun ПВХ naycha va quvurchalar; 
— termoplast avtomatlari vositasida xalq ta’minoti mahsulotlari —vanna, sifon, tog‘ora, unitaz va shu kabi 
sanitar-texnik buyumlari;
— xorijdan keltiriladigan linoleumni yopishtirishda kerak bo‘ladigan ПВA yelimi va suvi. 
Quyidagi 10.2-jadvalda 2005-yilgacha respublikada ishlab chiqariladigan plastmassa ashyolari miqdori 
berilgan. 
10.2-jadval 

Download 1,14 Mb.
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   168




Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish