Fenol smola asosida olingan polimerbeton kislota eritmalariga, ma’dan va o‘simlik yog‘lariga
bardosh bera
oladi, lekin ishqorlar ta’sirida yemiriladi. Polimerbeton va qorishmalar panellarning suvga chidamliligini
oshirishda, gidrotexnik
inshootlarning sirtini qoplash, tuproqni mustahkamlash,
zararli suyuqliklar va neft
mahsulotlari saqlanadigan omborlar, zavodlarning kimyo sexlari pollarini qoplash uchun ishlatiladi.
Polimer qoplamalar. Gaz alangasi bilan changlatish usuli buyumlar yuzasini smola yoki qiyin eriydigan
temir bilan qoplashda qo‘llanadi. Smola yoki emal kukuni yuqori bosimda sochilib chiqishida gaz alangasiga
uriladi va erib, siqilgan havo bilan changlangan holda buyumning sirtiga purkaladi.