• 11-bob LАK VA BO‘YOQLAR
  • -yilgacha respublikada tayyorlanadigan




    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet143/168
    Sana19.12.2023
    Hajmi1,14 Mb.
    #124022
    1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   168
    Bog'liq
    Pardozbop qurilish ashyolari. Qisimov E. 2005

    2005-yilgacha respublikada tayyorlanadigan
    plastmassa ashyolari miqdori 
     
     
     
     
    Sinov savollari 
    1. Plastmassa va kompozitlar to‘g‘risida umumiy tushuncha bering. 
    2. Polimerizatsiya usuli bilan olinadigan polimerlar. 
    3. Polikondensatsiya va polimerizatsiya degani nima, ular asosida olinadigan polimerlar haqida gapiring. 
    3. Plastmassalarning afzalligi, kamchiliklari va kelajakdagi istiqbolini izohlang. 
    4. Polimerlarni qayta ishlash usullari va to‘ldirgichlarning polimer xossalariga ta’siri haqida so‘zlang. 
    5. Polbop, pardozbop, konstruktiv va yengil plastmassalar. 
    6. Polimerbeton va qorishmalar haqida so‘zlab bering. 
    7. Qoplama polimerlar nima? 
    8. Polimer yelimlar va bo‘tqalarning qurilishda ishlatilishi. 
    9. Shisha tolali anizotrop kompozitlar. 
    10. O‘zbekiston polimer ashyolari to‘g‘risida so‘zlab bering. 
    11-bob 
    LАK VA BO‘YOQLAR 
     
    Bino va inshootlarni pardozlashda ishlatiladigan ashyolarning chidamliligini oshirishda, tasviriy chiroy 
    berishda, sanitariya-gigiyenasiga doir sharoit yaratishda, changlanish, ifloslanish, namlanishdan va tashqi 
    shovqindan saqlashda katta ahamiyat kasb etadi.
    Pardozbop ashyolar bino va inshootlarning buzilgan joylarini ta’mirlashda ham keng ishlatiladi. Pardozbop 
    ashyolarning turlari hozirgi kunda 350 dan oshib ketdi. Shu tufayli ularning sifatiga alohida e’tibor berish 
    kerak. Ishlab chiqarish texnologiyasining tasnifiga ko‘ra, pardozbop ashyolar quyidagi guruhlarga bo‘linadi: 
    bo‘yoqchilikda ishlatiladigan kompozitsiyalar, tabiiy va sun’iy toshlar, sopol, shisha, temir, yog‘och, temir 
    ashyolari, polimer va boshqalar. Me’morchilik-qurilish tasnifiga ko‘ra, pardozbop ashyolar: inshootlarning 
    tashqi va ichki yuzalaribop, pol va shipbop hamda maxsus xillarga bo‘linadi. 
    Pardozbop ashyolar quyosh nurida o‘z jilosini, rangini yo‘qotmasligi, nam, qor va yomg‘ir ta’sirida 
    ko‘chib ketmasligi kerak. Uzoq muddatga chidamliligini ta’minlashda pardozbop ashyolarni asos bilan 
    mustahkam yopishish choralarini ko‘rish kerak. Bo‘yoq kompozitsiya ko‘p yoki bir tarkibli bo‘ladi. Asosga 
    (yog‘och, beton, qorishma, tosh va h.k.) surtilgan bo‘yoq mustahkam yopishgan parda qatlami sifatida qotadi. 
    Bo‘yoqlar, asosan bog‘lovchi, erituvchi, pigment va kukun to‘ldirgichlardan tashkil topgan. 

    Download 1,14 Mb.
    1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   168




    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish