• Ko‘k pigmentlar.
  • Yashil xromli qo‘rg‘oshin
  • E qosimov, M. Akbarov




    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet151/168
    Sana19.12.2023
    Hajmi1,14 Mb.
    #124022
    1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   168
    Bog'liq
    Pardozbop qurilish ashyolari. Qisimov E. 2005

    Oltingugurt belilasi — litopiya nomi bilan yuritiladi. U rux sulfid (ZnS) bilan bariy sulfat (BaSO
    4

    aralashmasidan tashkil topgan. Uning berkituvchanligi anchagina yuqori (125 g/sm
    2
    ), kislota va ishqor 
    ta’siriga chidamli, lekin yorug‘likka chidamsiz, quyosh nurida rangi xiralashadi va sarg‘ayadi. Ko‘proq 
    qorong‘i joyda tursa, yana o‘zining avvalgi oq rangiga keladi. Shuning uchun, litopiya belila binoning ichki 
    qismi uchungina ishlatiladi. 
    Ko‘k pigmentlar. Bo‘yoq tarkiblar tayyorlashda ko‘k pigmentlar orasida eng ko‘p ishlatiladigani 
    ultramarin va lazurdir. 
    Ultramarin — obdan mayda qilib tuyilgan ko‘k rangli kukun bo‘lib, suv va organik eritmalarda erimaydi, 
    tarkibida oltingugurt bo‘lgan kaolin, ko‘mir va trepeldir. U kislotalar ta’siriga uncha chidamaydi, ammo 
    yorug‘lik va ishqor ta’sirida buzilmaydi. Bo‘yoqchilik sanoatida uning rangi o‘zgarib boradi va u 5 xil turda 
    chiqariladi: УXK, УС, УM-1, УM-2, УM-3. 
    Lazur — ranglash kuchi juda yuqori bo‘lgan, yorug‘likka chidamli, ko‘k rangli sun’iy pigment. U bo‘lak-
    bo‘lak yoki kukun to‘ldirgichlar bilan aralashtirilib chiqariladi. 
    Sof lazur yorug‘likka juda chidamli, ammo uni rux va titan belilalari bilan aralashtirilsa, rangi sezilarli 
    ravishda ayniydi. Lazur juda unumli bo‘lgani uchun, uning bir chimdimi ham oq pigmentlarni bo‘yay oladi —
    Fe
    4
    [Fe(CH)
    6
    ]
    3

    Yashil xromli qo‘rg‘oshin — lazur hamda sariq kronni kukun to‘ldirgich bilan obdan aralashtirib hosil 
    qilingan yashil rangli pigment. Uning berkituvchanligi va ranglash kuchi yuqori, shuningdek, zanglashga 
    chidamli. Yashil xromli qo‘rg‘oshinni ishqor reaksiyasi sodir bo‘ladigan pigmentlar bilan aralashtirish tavsiya 
    etilmaydi, chunki ishqor ta’sirida uning rangi buziladi. 
    Xrom oksidi (Cr
    2
    O
    3
    ) — zararli muhit (ishqor, kislota va hokazo) ta’siriga chidamliligi bo‘yicha boshqa 
    pigmentlardan farq qiladi. Bundan tashqari, uning rangi yorug‘lik hamda issiqlik ta’sirida o‘zgarmaydi. Barcha 
    turdagi bog‘lovchilar bilan osongina qorishadi. Shu sababli yuqori harorat va ayrim zararli muhit ta’sirida 
    bo‘ladigan har xil konstruksiyalar uchun bo‘yoq tarkiblar tayyorlashda ko‘p ishlatiladi. Bo‘yoqchilikda 
    ishlatiladigan sof lazurga mos keladigan kronni aralashtirib yashil rux pigmenti tayyorlanadi. Yuqoridagilar 
    singari, ishqor ta’siriga chidamsiz. Yelimli bo‘yoqlarga aralashtirib, suvoqli devorlarni pardozlashda 
    ishlatiladi. 
    Sanoatda 3 xil qo‘rg‘oshinli yashil pigment chiqariladi. «Yaxlit» yashil pigment, och tusli va to‘q tusli 
    yashil pigment. Yashil pigmentda 50 dan 75% gacha og‘ir shpat bo‘ladi. 
    Tarkibida qo‘rg‘oshin bo‘lgan barcha pigmentlar kabi qo‘rg‘oshinli yashil pigment rangi vodorod sulfid 
    ta’sirida xiralashadi va ishqor ta’sirida qizaradi. 
    Qo‘rg‘oshinli yashil pigment ichki bo‘yash ishlarini bajarish uchun moyli va emalli aralashmalar 
    tayyorlashda ishlatiladi. Qo‘rg‘oshinli yashil pigment bilan faqat batamom qurigan suvoqni bo‘yash mumkin. 
    Chunki, bu pigment ishqor ta’siriga bardosh bera olmaydi, hatto qo‘rg‘oshinli yashil pigment qo‘shilgan moyli 
    koler bilan bo‘yalganda ham yuzada qizil dog‘lar paydo bo‘lishi mumkin. Qo‘rg‘oshinli yashil pigmentning 
    berkituvchanligi juda yuqori: 12 dan 42 sm
    2
    /g gacha bo‘ladi.
    Ruxli quruq yashil pigment ruxli kron bilan bo‘yoq lazurini aralashtirish yo‘li bilan olinadigan sun’iy 
    ma’dan pigmentdir. Uch xil navda chiqariladi: to‘ldirgichsiz, «yaxlit» yashil, 50% to‘ldirgich (og‘ir va yengil 
    shpat) qo‘shilgan yashil pigment. Har qaysi navi ikki tusga, ya’ni och va to‘q tusga egadir.
    Ruxli yashil pigment oftobda aynimaydi, u vodorod sulfid ta’sirida xiralashmaydi va zanglamaydigan 
    xossalarga ega. Temir, yog‘och-taxta va suvalgan yuzalarni bo‘yash uchun moyli va emalli bo‘yoqlar 
    tayyorlashda ishlatiladi. Ruxli yashil bilan yaxshi qurimagan suvoqni bo‘yab bo‘lmaydi, chunki bu bo‘yoq 
    ishqor ta’sirida buziladi. 
    Ruxli yashil pigmentning berkituvchanligi quyidagicha: «yaxlit» — to‘q rang berilsa — 23 g/m
    2
    va och 
    rang berilsa — 28 g/m
    2
    ; to‘ldirgichli — to‘q rangliginiki — 40 g/m
    2
    va och rangliginiki — 45 g/m
    2


    Download 1,14 Mb.
    1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   168




    Download 1,14 Mb.
    Pdf ko'rish